Vatandan uzoqda, lekin hamon vahimada yashayotgan suriyaliklar

  • Amerika Ovozi

Latakiya shahrida kechayotgan namoyishlar

Latakiya shahrida kechayotgan namoyishlar

Suriya alanga ichida. AQShda yashovchi muxolifat vakillari vatandagi hodisalarni dahshat bilan kuzatmoqda. Ancha yillardan buyon Bashar al-Assad hukumatini tanqid qilib kelgan bu faollar bir tarafdan o’zgarishlardan quvonsa, boshqa tarafdan Suriyada qolgan yaqinlaridan xavotirda.

Radvan Ziyodiy Vashingtonda istiqomat qiladi. U AQShdagi Suriya muxolifati a’zosi.

O’tgan hafta vatandan shum xabar keldi. Ziyodiyning ukasi Yosin hibsda.

Boshqa mahbuslar singari qamoqda qiynoqqa solinishi mumkin.

“Oilam doimo bosim ostida yashagan. Onam va ukalarim so’roq qilingan. Hukumat shu tariqa mening ovozimni o’chirishga harakat qilmoqda”,- deydi Radvan Ziyodiy.

Jabal al-Zaviya viloyatidagi manzara

Jabal al-Zaviya viloyatidagi manzara

Xolid Solih Chikagoda joylashgan Suriya-Amerika Kengashi matbuot kotibi. Hamma tabiiyki vatandagi yaqinlarini o’ylaydi, deydi u.

“Bizga Suriyadagi oila a’zolarimiz “iltimos, jim o’tir, bizni tahdidga qo’yma” deyishyapti. Moxaberat, Suriya xavfsizlik xizmati oila a’zolarimizdan biz haqimizda so’ragan, bizning Amerikadagi faoliyatimiz bilan qiziqqan”.

Yana bir muhojir, musiqachi Malik Jandaliy iyul oyida Oq Uy ro’parasida norozilik piketi uyushtirdi. Ko’p o’tmay uning Suriyadagi ota-onasini maxfiy xizmat olib ketib, rosa kaltaklagan.

Chet elda namoyishlar davom etmoqda

Chet elda namoyishlar davom etmoqda

“Onam ulardan nima sabab meni urasizlar, deb so’ragan. Ular esa mening konsert berganim, Suriya hukumatini tanqid qilganimni aytishgan va onamga “farzandlaringni qanday tarbiyalash kerakligini ko’rsatib qo’yamiz senga,” deyishgan”.

Bunday hodisalar ko’paygani sayin AQSh Davlat Departamenti Suriyaning Vashingtondagi elchixonasiga murojaat qilib, vaziyatni tushuntirishni so’radi.

Suriya muxolifati yaqinda Turkiyada uchrashdi

Suriya muxolifati yaqinda Turkiyada uchrashdi

Davlat departamenti vakili Endi Xalus izohicha:

“Har bir odam o’z fikrini erkin ravishda ifoda etishga haqli va buning uchun u hibsga olinmasligi yoki uning oila a’zolari ta’qib qilinmasligi kerak. Bunday uslublarni qo’llagan davlat xalqaro normalarni buzadi”.

Ammo Suriyada nafaqat mahalliy balki xorijdagi muxolifatchilar va ularning vatandagi yaqinlariga nisbatan do’q-po’pisalar, ogohlantirish va zo’ravonlik qilish hollari davom etmoqda.

Hukumat qo'zg'olonni kuch bilan bostirish ahdida qat'iy

Hukumat qo'zg'olonni kuch bilan bostirish ahdida qat'iy

Radvan Ziyodiyning aytishicha, unga telefon qilib, “ukangni o’ldiramiz” deb qo’rqitishgan.

Suriyaning shafqatsiz rahbarlari va johil maxfiy xizmatlaridan ko’p narsa kutsa bo’ladi, deydi faollar.

Ular xalqaro hamjamiyatdan Bashar al-Assad va uning ma’muriyatiga qarshi keskin choralar ko’rishni so’ramoqda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham kuni kecha mana shunday chaqiriq bilan chiqdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG