Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 22:18

Ijtimoiy masalalar

Huquqi eng ko'p toptaladigan ishchilar – uy xizmatkorlari

Gong-Kongda ishlovchi indoneziyalik uy xizmatkorlari Indoneziya Bosh konsulligi oldida o'z huquqlari himoya qilinishini istab namoyish o'tkazmoqda.
Gong-Kongda ishlovchi indoneziyalik uy xizmatkorlari Indoneziya Bosh konsulligi oldida o'z huquqlari himoya qilinishini istab namoyish o'tkazmoqda.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Yangi tadqiqot natijalaridan ma’lum bo’lishicha, bugun dunyoda 52 milliondan ortiq odam uy xizmatkori. Ularning aksariyati ayollar. Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobotda bunday ishchilarning ko’pi huquqiy himoyadan mahrum ekani aytilgan.


Xalqaro Mehnat tashkilotining xabar berishicha, uy ishlariga yollanganlarning aksariyati og’ir mehnat sharoitida ishlaydi va huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan. Tashkilot bosh direktori o’rinbosari Sandra Polaskining aytishicha, eng ko’p diskriminatsiyaga uchraydigan va huquqlari poymol etiladigan ishchilar toifasi aynan uy xizmatchilaridir.
 
Ayniqsa, uyda yashab ishlovchi xizmatkorlar jismoniy, ruhiy yoki jinsiy tahqirlarga ko’p duch keladi. Ularning erkin harakatlanishiga ham to’siqlar qo’yishadi. Migrant uy xizmatkorlari qo’shimcha huquqbuzarliklarga ham duchor bo’ladi”, - deydi Xalqaro mehnat tashkiloti vakili.
 
Hisobotda uy xizmatkorlari bilan bog’liq uch masala tahlil qilingan. Bular ish vaqti, eng kam ish haqi darajasi va onalik uchun yaratilgan sharoitlardir. Ko’plab mamalakatlarda bu masalalar bo’yicha ishchilar huquqi qonun bilan himoya qilinmagan.
 
Xalqaro Mehnat tashkilotining aniqlashicha, dunyo bo’ylab uy xizmatkorlarining faqat 10 foizi umumiy mehnat qonunlari asosida himoya qilinadi. 30 foizga yaqini umuman qonuniy himoyaga ega emas.
 
Ishchilarning yarmidan ko’pi mehnat soatlariga chegara qo’yilmaganidan noliydi. 45 foizi haftalik dam olish soatlari va yillik haq to’lanadigan ta’til olish huquqidan bebahra. Xizmatkorlarning yarmidan ko’pi eng kam maosh uchun ishlashga majbur. Ayol ishchilarning uchdan biri onalikni muhofaza qilish yordamlari bilan ta’minlanmagan.
 
Rasmiy manbalarga ko’ra, uy xizmatkorlari eng ko’p bo’lgan davlatlar Osiyo, Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Tinch okeani hududida joylashgan. Dunyo bo’yicha ayollarning 7,5 foizi uy mehnati bilan band bo’lsa, Yaqin Sharqda ishli har uch ayolning biri uy xizmatkori sanaladi.
 
Xalqaro Mehnat tashikiloti ma’lumotiga ko’ra, mamlakatlarning ichki hisobotlarida bu ma’lumotlar to’liq uchramaydi. Ayniqsa, Afrikadan olinadigan raqamlar haqiqatdan yiroq. Masalan, rasmiy manbalarda bu hududdagi uy xizmatkorlari soni 5,2 million ekani aytiladi. Aslida esa ularning soni bundan ancha yuqori, deydi tashkilotning ish sharoitlari bo’yicha mutaxassisi Martin Oets.

“Buning asosiy sababi shundaki, uy xizmatkorlari yoki uyda ko’rsatiladigan xizmatlar haqiqiy ish sifatida ro’yxatga olinmaydi. Shuning uchun Afrikadagi rasmiy manbalarda ular hisobga kiritilmaydi. Aslida Afrika uy xizmatkorlari eng ko’p bo’lgan hudud hisoblanadi”, - deydi mutaxassis.
 
Dunyo bo’ylab bu toifadagi xizmatchilar huquqlari eng ko’p toptalgan hududlar Osiyo va Yaqin Sharqda ekani aniqlangan. Ammo ijobiy o’zgarishlar bo’lishidan umidvormiz, deydi mehnat tashkiloti rasmiylari. Uy xizmatkorlari konvensiyasining qabul qilinishi ortidan ko’p mamlakatlarda bu boradagi ahvolni yaxshilash uchun amaliy ishlar boshlangan.
 
Masalan, hozirgacha Hindiston, Indoneziya, Braziliya va Bahrayn kabi dunyoning13 mamlakatida uy xizmatchilari ahvolini yaxshilashga qaratilgan  islohotlar amalga oshirildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalari
X
24.04.2014 02:49
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Prezident Obamani Tokioda kutib olish marosimi, 24-Aprel, 2014
  • Prezident Barak Obama va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, 24-Aprel, 2014
  • Tokio Ilm-Fan va Innovatsiya muzeyi, 24-Aprel, 2014
  • Tokio ziyoratgohlari, 24-Aprel, 2014
  • AQShning Yaponiyadagi elchisi Kerolin Kennedi, 24-Aprel, 2014
  • Obama Yaponiyadan yana uch davlatga yo'l oladi - Janubiy Koreya, Malayziya va Filippin
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI