Pan Gi Mun Orol bo'yidagi ekologik vaziyat bilan tanishdi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Orol taqdirini insoniyat yuzlashayotgan yirik ofat deya ta’riflagan va mintaqa rahbarlarini bu muammoni birgalikda hal qilishga chaqirmoqda.

Markaziy Osiyoning besh davlati bo’ylab safar qilayotgan bosh kotib Orol havzasidagi ekologik manzara bilan tanishdi, “kemalar qabristonini” vertolyotda ko’zdan kechirdi.

“Mintaqa yetakchilari, jumladan prezident Islom Karimov, bir davraga o’tirib yechimlar haqida o’ylashi zarur”, - dedi Pan Gi Mun O’zbekiston rahbari bilan uchrashuv oldidan.

“BMT agentliklari bu borada qo’ldan kelgan yordamini ayamaydi”.

BMT rahbari safari chog’ida mintaqaviy hamkorlik, yadro qurollari tarqalishi, atrof-muhit va iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni muhokama qiladi. Pan Gi Mun sal avval Turkmaniston va Qirg’izistonda bo’lib, hukumatlarni huquq vaziyatini yaxshilashga ham da’vat etdi.

O’zbekiston Orol bo’yidagi falokatlki ekologik vaziyatni yaxshilash uchun BMT homiyligidagi dasturlarni kengaytirishga, donor davlatlardan mablag’ jalb qilishga chaqirib keladi. Vaziyatni o’nglash, deydi BMT rasmiylari, avvalo mahalliy hukumatlar bo’ynida.

Mutaxassislar fikricha, mintaqa davlatlari o’rtasida hamjihatlik yo’qligi Orol boy berilayotganining asosiy sabablaridan biri.

XS
SM
MD
LG