Xitoy Arktikani ham egallamoqchimi?

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamenti yaqinda chiqargan hisobotida Xitoy Arktikani egallash uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda, deya ogohlantiradi.

Vashington bunga qo'l qovushtirib o'tirmasligi lozim; xavfsizlik va ekologiya himoyasi yo'lida dadilroq choralar ko'rsin, deya undaydi maxsus kengash.

Rossiya ham Arktikada faollashgan. Lekin Xitoy unga yaqin davlat emas va oxirgi bir necha yilda bu hudud yuzasidan qator qarorlar qabul qilib, o'zini xo'jayindek tutmoqda, deya qayd etadi Amerika ekspertlari.

Arktika tabiiy gaz va neftga boy. Mutaxassislar deydiki, xalqaro qonunlar chetlab o'tilmasligi lozim lekin Pekin ularga ko'z yumib o'rganib ketgan.

Xitoy hukumatiga ko'ra, Arktika - hammaniki. Iqtisodiy taraqqiyot, strategik xavfsizlik va global maqsadlar yo'lida Pekinning bu hudud bilan ishlashga haqqi bor, deydi rasmiylar.

Xitoy iqlimdagi salbiy o'zgarishlardan ham xavotirda va Arktikadagi vaziyatni yaqindan kuzatib, dunyoning bu qismiga yordam berishni boshlamoqchi.

Arktikada inson faoliyati o'tgan 10 yil ichida 400 foizga oshgan. Bu esa ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoatlashish, aholining ko'payishi, konchilik, baliqchilik va turizm, deya bildiradi mutaxassislar, Arktikani tubdan o'zgartirishi mumkin.

Xitoy Arktikaga tijoriy bekat sifatida qaraydi. Yevropa va Shimoliy Amerika bilan savdo hamkorligi kengayar ekan, bu hudud unga qo'l keladi.

Neft, mineral va boshqa tabiiy boyliklar ham Pekin uchun nihoyatda muhim manbalar.

Xitoy Rossiya bilan yangi loyiha boshlab, tabiiy gaz zaxiralarini rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.

Biroq ayrim siyosatdonlar nazarida ikki davlat Arktikaga umuman boshqacha yondashadi va uzoq muddatda hamkorlik qila olmasligi mumkin. Moskva Arktikada harbiy maqsadlarni ko'zlaydi, jumladan, qo'shin joylashtirish, dengiz floti faoliyatini kengaytirish hamda harbiy-ilmiy tadqiqotlar olib borish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG