Breaking News

AQSh Bolqon yarimoroliga nisbatan bugungi siyosatini tushuntirmoqda


Xillari Klinton Sarayevoda so'zlamoqda, 12 оktabr 2010
Xillari Klinton Sarayevoda so'zlamoqda, 12 оktabr 2010

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Bosniya va Gersegovinaga safar qilib, poytaxt Sarayevoda rahbarlarni islohotlarga zo’r berishga chaqirdi.

Klinton Bolqon yarimoroli bo’ylab safarini davom ettirib, bugun Serbiya, ertaga esa Kosovoda shunday chaqiriqlar bilan chiqishni rejalagan.

Xillari Klinton dunyoning bu mintaqasi hamon etnik ziddiyatlar o’chog’i ekanini biladi. Qayerga bormasin, totuvlik va tolerantlik haqida gapirmoqda.

Bosniya 1992-1995 yillar orasida fuqarolik urushini boshdan kechirgan. Unga yakun yasagan siyosiy bitim esa musulmon, xorvat va serblardan hokimiyatni teng bo’lishib yashashni talab qiladi.

Tahlilchilar nazarida, bu bag’oyat murakkab tizim va elatlar uni tebrata olishga qiynalmoqda.

Prezidentlik kursida masalan uch shaxs o’tiradi: bosniyalik, xorvat va serb. Birgalikda ular to’rt yil xizmat qilishi mumkin.

Yakdillik yo’q ekan, Bosniyaga kuchli markaziy boshqaruv kerak degan fikr keng tarqalgan. Tomonlar biror qaror ularga yoqmasa, veto qo’yib, hokimiyat qo’lini bog’lab qo’ymoqda.

Amerikaning maslahati shuki, Bosniyada omma, etnik va diniy jihatdan kim bo’lishidan qat’iy nazar bir xalq sifatida shakllanishni oliy maqsad deb belgilashi va o’z manfaatlari emas, umumxalq manfaati ustida qayg’urishi kerak.

“Mana shu imkoniyatni boy bermang”,- deydi Filip Gordon, AQSh Davlat kotibi muovini, Sarayevoda so’zlar ekan.

“Yevropa Ittifoqi, NATO va AQSh sizni quvvatlashga, yordam berishga tayyor, ammo tizimni isloh qilish sizning qo’lingizda. Taqdiringiz o’z qo’lingizda”,- deydi u.

Xillari Klinton bugun Belgradda Serbiya prezidenti Boris Tadich bilan muzokara olib bormoqda. Serb-Bosniya hamkorligi va ikki yil oldin Serbiyadan mustaqillik e’lon qilgan Kosovo haqida so’z ketmoqda.

AQSh Bolqon yarimoroliga nisbatan bugungi siyosatini tushuntirmoqda
AQSh Bolqon yarimoroliga nisbatan bugungi siyosatini tushuntirmoqda

Belgrad Kosovoni hamon o’z hududi deb hisoblaydi. BMT Xavfsizlik Kengashi Serbiya va Kosovoni tinchlik dialogi boshlashga chaqirgan.

Vashingtondan borgan diplomatlar Belgradga Kosovoni Yevropa Ittifoqidagi aksariyat davlatlar va AQSh allaqachon tan olib bo’lganini eslatmoqda.

“Bizning pozitsiyamiz shuki, Kosovo endi mustaqil, suveren davlat”,- deydi Filip Gordon.

“U o’z chegaralariga ega. Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirmoqchi bo’lsa, barqaror, farovon, demokratik davlat sifatida tanilmoqchi bo’lsa, Kosovo bilan barcha kelishmovchiliklarni do’stona tarzda hal etib, kelajak haqida o’ylashi kerak”,- deydi Davlat kotibi muovini.

Ertaga Xillari Klinton boshchiligidagi delegatsiya Kosovoga borganida, bu xalq va uning rahbariyatini ham Serbiya bilan muloqot boshlashga undaydi. Davlatchilik qo’shnilar bilan kelishib yashashdan boshlanadi deya nasihat qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG