Klinton Kosovodagi har bir elat, xoh serb, xoh alban bo’lsin, qo’llab-quvvatlaymiz, deydi


Klinton hafta boshida Serbiyada prezident Boris Tadich bilan ham gaplashib olgan edi. Tadich Kosovo hamon Serbiyaning bir qismi, deb keladi.

Klinton hafta boshida Serbiyada prezident Boris Tadich bilan ham gaplashib olgan edi. Tadich Kosovo hamon Serbiyaning bir qismi, deb keladi.

Bolqon bo’ylab safar qilayotgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton yosh mustaqil davlat Kosovo erishgan iqtisodiy va demokratik taraqqiyotni maqtamoqda. Ammo ta’lim va sog’liqni saqlash kabi sohalar hamon ta’mirga muhtoj, deydi u. Oq Uy Kosovoni bu sohada qo’llab yuborishga tayyor, deydi Klinton.

Mintaqada dastlab Serbiya va Bosniya-Gertsegovinada to’xtab o’tgan Xillari Klinton, kecha Kosovo poytaxti Prishtinada so’zlagan.

Klinton nazarida Yevropa chindan taraqqiy etishni, yaxlit regionga aylanishni istasa, Bolqon davlatlari kam-ko’stini to’g’rilab qo’yishi kerak. Hududga safarini izohlar ekan, vazira “Serbiya va Kosovoni murosaga ko’ndirish kerak” degan.

Kosovo 2008 yilda mustaqillik e’lon qilgan va dunyoning 70 davlati buni tan olgan edi. Biroq hududni hamon o’ziniki deb biluvchi Serbiya qarshi.

Kosovo Bosh vaziri Xoshim Tachi bilan uchrashgan Klinton “yordamni ayamaymiz” degan. Qo’shma Shtatlar pozitsiyasi shuki, yosh davlatni xalqaro hamamiyat tan olishi, Yevropa Ittifoqi va NATOning to’laqonli a’zosiga aylanishi lozim.

Kosovo Bosh vaziri Xoshim Tachi bilan uchrashgan Klinton “yordamni ayamaymiz” degan. Qo’shma Shtatlar pozitsiyasi shuki, yosh davlatni xalqaro hamamiyat tan olishi, Yevropa Ittifoqi va NATOning to’laqonli a’zosiga aylanishi lozim.

Klinton yarashish yo’lini olg’a surib, Qo’shma Shtatlar Kosovodagi har bir elatni, xoh u alban, xoh serb bo’lsin – qo’llab-quvvatlaymiz, deydi.

Xillari Klinton va uning turmush o’rtog’i Bill Klinton Kosovoda o’zgacha tavoze bilan tilga olinadi. 1999 yilda aynan AQSh sobiq prezidenti regionga NATO askarlari kirishini yoqlagan va shu tariqa etnik qirg’inga barham bergan edi. Natijada oradan yillar o’tib, asosan albanlar yashovchi o’lka mustaqillikni qo’lga kiritdi.

Kosovo Bosh vaziri Xoshim Tachi bilan uchrashgan Klinton “yordamni ayamaymiz” degan. Qo’shma Shtatlar pozitsiyasi shuki, yosh davlatni xalqaro hamamiyat tan olishi, Yevropa Ittifoqi va NATOning to’laqonli a’zosiga aylanishi lozim. Kosovo hukumati namoyish etgan yondashuv hurmatga loyiq, deydi Klinton.

U hafta boshida Serbiyada prezident Boris Tadich bilan ham gaplashib olgan. “Serbiya o’zining sobiq provinsiyasi bilan muzokaraga ko’ngan va bundan mamnunmiz”, deydi vazira. Kosovo ham xayrixoh, biroq ikki mustaqil, teng huquqli davlat sifatida gaplashamiz, deydi Bosh vazir Xoshim Tachi.

Klinton kechaning o’zida Bryusselga, NATO mudofaa va tashqi ishlar vazirlari sammitiga yo’l oldi.

XS
SM
MD
LG