Liviya muxolifati Afrika Ittifoqi tinchlik rejasini rad etmoqda

  • Amerika Ovozi

Afrika Ittifoqi Ekvatorial Gvineyada Liviyada tinchlikni tiklash rejasini muhokama qilmoqda, 30-iyun, 2011-yil

Afrika Ittifoqi Ekvatorial Gvineyada Liviyada tinchlikni tiklash rejasini muhokama qilmoqda, 30-iyun, 2011-yil

Liviyada isyonchilar Afrika Ittifoqining tinchlik rejasini rad etmoqda. Ular nazarida rejada Liviya rahbari Muammar Qaddafiy iste'fosi tilga olinmagan.

Milliy muvaqqat kengash vakili Abdul Hafiz G'oganing aytishicha, Qaddafiy hokimiyatdan ketmasa, inqilob o'z maqsadiga erishmagan bo'ladi.

Afrika Ittifoqi mamlakatda tartibni tiklash, qon to'kilishlarini to'xtatish uchun xalqaro tinchlikparvar kuchlarni kiritishni hamda to'qnashuvlar paytida hibsga olingan mahbuslarni ozod etishni taklif qilmoqda. NATO esa havo hujumlarini bas qilishi kerak, deydi ittifoq rasmiylari.

Liviya hukumati vakili Musa Ibrohim rejani ko'rib chiqishga tayyormiz, ammo buning uchun bizga qarshi hujumlar to'xtasin, deydi.

"Har kuni ustingizga raketa va bomba yog'ilib tursa, tinchlik haqida gaplashib bo'lmaydi", - deydi u.

Kuzatuvchilar nazarida Muammar Qaddafiy o'z vaqtida Afrika Ittifoqiga yirik moliyaviy ko'mak bergani bois tashkilot uni ochiqchasiga iste'foga chaqira olmayapti, hukumatni tanqid qila olmayapti.

Isyonchilar "Qaddafiy mamlakatdan ketmasa ham, lavozimini bo'shatib qo'ysin, unga hech kim tegmaydi" demoqda. Ammo ularning bu taklifiga hukumat hali javob bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG