Breaking News

"Marslik" filmi bolalarda olim bo'lish orzusini paydo qilmoqda


"Marslik" - ilhom manbai
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

"Marslik" - ilhom manbai

“Marslik” – Qizil sayyoraga tushib qolib, zakovati va bilimi bilan omon qolgan jasur fazogir haqidagi film. Kino yuz millionlab dollar daromad keltirdi, tomoshabin va mutaxassislarning tahsiniga sazovor bo’layapti. Ayrim olimlar nazarida film ilmiy kashfiyotlarga ilhom berishi mumkin. ​

“Marslik” filmida amerikalik fazogir Mark Votni Qizil sayyoradagi bo’ron paytida hamkasblaridan qolib ketadi. Bir o’zi qolgan Votni xatarli planetada tirik qolishning yo’lini qiladi.

Matt Deymon ijro etgan botanik Gollivud filmlarida doim uchraydigan qahramon emas. Biroq u bugun yoshlarda olim bo’lish orzusini paydo qilayapti.

Marsga sayohat qilgan fazogirlar orasida filmda komandir Melissa Lyuis obrazi ham havas uyg’otadi. Kostarikalik talabalar, fazoshunoslikni o’rganayotgan yoshlar undan ilhomlandi.

“Jessika Chastayn zo’r ijro etgan. Kompyuterchi ham ayol kishi. Bunaqasi kam uchraydi filmlarda. Ko’p-ko’p shunday qahramonlar bo’lsa, deymiz”, -deydi Monserrat Kordero, Stanford universiteti talabasi.

Kordero Texasda Xalqaro fazoviy ta’lim fondi yuritgan yozgi mashqlarda ham qatnashdi.

Fond rahbari Jastin Kulgerning aytishicha, “Marslik” filmidagi qahramonlar sohaga tobora ko’p odamlarni tortadi:

“Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga qancha ko’p xotin-qizlar kirsa, jamiyat shuncha olg’a siljiydi, fazoshunoslik ham shuncha yutadi. Mars bormi, boshqa sayyorami, boramiz”.

Filmda NASA, Amerika fazoviy tadqiqotlar agentligi Mark Votnini Yerga qaytarishga murakkab ishga kirishadi.

Shunchaki, fantastika emas. Filmda ko’rganlaringiz – fan, texnologiya – barchasi NASAning real hayotdagi ishlariga asoslangan. NASA film mualliflariga maslahat berib turdi. Bugun Vashingtonda fazo agentligi qarorgohida aslida Marsga parvozga tayyorgarlik ketayapti.

"Qizil" sayyorada bog'dorchilik qilayotgan fazogir ("Marslik" filmidan).
"Qizil" sayyorada bog'dorchilik qilayotgan fazogir ("Marslik" filmidan).

Amerika fazoviy tadqiqotlar agentligi ishlab chiqqan kichik robotlar Qizil sayyorada tuproq tarkibini o’rganmoqda.

NASA mutaxassisi Robert Manning bu sayohat muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur shartlardan birini keltiradi:​

“Dunyoga har xil nuqtai nazardan qaraydigan odamlar kerak bizga. Ularning xilma-xil tashabbuslari kerak bizga. Haqiqiy xalqaro bir dastur bu”.

NASAning umidi shuki, “Marslik” filmi jahonning har yerida yosh olimlarga ilhom bersin, 2030-yilga borib Marsga inson qadami yetsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG