Breaking News

Ukraina Yevropa bilan iqtisodiy, siyosiy rishtalarni mustahkamlaydi


Ukraina parlamenti Yevropa bilan siyosiy, iqtisodiy rishtalarni mustahkamlovchi bitimni ma'qulladi-Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:38 0:00
Yuklab oling

Ukraina parlamenti Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy va siyosiy rishtalarni mustahkamlovchi hujjatni ma'qulladi. Radaning yopiq majlisida ayirmachilar nazoratidagi sharqiy viloyatlarga o’z-o’zini boshqarish huquqini beruvchi qonun ham qabul qilingan. Bo’lginchilarga qo’shilgan fuqarolarga amnistiya e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ukraina Radasining 14-sentabrdagi ishi tarixiy kunlardan biri sifatida qolishi ta’kidlanmoqda. Parlament anchadan buyon kutilayotgan yangilik - Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimini tasdiqladi. Boshqa tomondan esa muxolifatning keskin tanqidiga sabab bo’layotgan qonun - Donetsk, Lugansk viloyatlari uchun maxsus maqom belgilandi. Bu o’zgarish ayrimchilar nazoratidagi hududlar o’z-o’zini kengroq boshqarishi mumkin, degani.

Parlament yig’ilishida qatnashgan prezident Petro Poroshenko so’zlariga ko’ra, gap bu viloyatlarning mustaqilligi emas, balki Ukraina tarkibida qolishi, faqat boshqaruv vakolatlari kengayishi haqida bormoqda.

Muxolifat esa bu qonunga qat’iyan qarshi. Sobiq bosh vazir, “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko viloyatlarga berilgan maxsus maqom sharqdagi ayrimachilik harakatini, Ukrainaga bosqinni qonunlashtiradi, deb hisoblaydi.

Donbas va Lugansk viloyatlariga mustaqil boshqaruv beruvchi qonunni Poroshenko olg’a surgan. Bu qonun Poroshenko va Rossiya rahbari Vladimir Putin muloqotidan so’ng boshlangan tinchlik muzokarasining asosiy qismlaridan hisoblanadi. Hujjat Radaning yopiq majlisida ovozga qo’yilishi ham ancha e’tirozlar uyg’otgan.

Muxolifat yetakchilaridan, deputat Oleg Lyashko maxsus maqom haqidagi qonunni Ukrainaning Putin oldida taslim bo’lishi sifatida baholaydi.

“Men bu qonun bo’yicha ovoz berilishining o’zini shubhali baholayman, tabloda hech narsa ko’rsatilmadi, hatto Viktor Yanukovich davrida ham bunaqasi bo’lmagan edi. Bu qonun Putin oldida taslim bo’lishni, qotillarni oqlashni anglatadi”, - deydi Oleg Layshko.

Poroshenko blokiga kiruvchi deputatlardan biri, Kiyev meri Vitaliy Klichko so’zlariga ko’ra, Ukraina xalqi mustaqillik himoyasi uchun har qachongidan birdam, bunga shubha bo’lishi mumkin emas. Ammo qon to’kilishining oldini olish kerak, islohotlar o’tkazilishi, taraqqiyot sari borish zarur.

Prezident Poroshenko Ukraina tinchlik muzokaralarini davom ettirish uchun navbatdagi qadamni tashlaganini, qarama-qarshi tomon ham shunga muvofiq qadam tashlashiga umid qilayotganini aytdi.

Parlament shu kungi majlisida mamlakatdagi fuqarolik jamiyati tomonidan anchadan buyun ko’tarib kelinayotgan talab - lyustratsiya haqidagi qonunni ham qabul qildi. Mazkur qonun siyosiy boshqaruvni eski tuzum qoldiqlaridan tozolashni ham nazarda tutadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG