Mentorlik - Amerika maktablaridagi maslahatxonalar

  • Amerika Ovozi

College Students Mentoring Students in Imara Roose Program

College Students Mentoring Students in Imara Roose Program

Merilend shtatidagi maktabni bitirganidan to’rt yil o’tib Halima Adenegen Eleanor Ruzvelt nomli ilm dargohida qizlar uchun mentorlik, murabbiylik guruhini tuzdi. Maqsad - o’smir o’quvchilarning qiyin masalalar va hatto shaxsiy muammolarni muhokama qilishiga imkon yaratishdir. Guruh nomi “Imara Roz”. Imara Afrikaning suahili tilida kuchli degani. Roz esa maktab haqidagi pyesa nomi. Mentorlar - kollejda o’qiyotgan qizlar, ko’ngillilar. Yoshroq qizlarga katta opalardek yordam beradi.

“Imara Roz” turli mavzularga e’tibor qaratadi – jismoniy madaniyat va sog’lom turmush tarzidan ijtimoiy tarmoqlar va o’zlik tushunchasigacha.

Bugungi dars chorakdagi oxirgisi.

Qizlar kichik guruhlarga bo’linib, murabbiylar savollarga javob bermoqda.

“Bu yerda ularni qiziqtirayotgan savollarni muhokama qilish va javob hamda kerakli ma’lumot olish osonroq. Katta guruhda qizlar tortingan bo’lardi,” - deydi Halima Adenegen.

U “Imara Roz” ga 2010-yilda asos solgan. Maqsad – o’smir qizlarga turli masalalarda yordamlashish.

“Kattaroq odam “men ham shunday ahvolga tushganman, boshimdan o’tgan bu”, deb maslahat bersa, bu qizlar shundan o’rganadi, saboq oladi,” - deydi u.

“O’zimga ishonishni o’rgandim,” - deydi Jastis Devis. Qiz may oyida maktabni bitirishdan oldin guruhga a’zo edi. “Menga nima yoqishi, nima qilishni istashimni tushindim. Juda foydali”.

Averi Millet esa tengdoshlari bilan muloqot qilishda maslahat oldi.

“Ijobiy ravishda tengdoshlar bilan muloqot qilish va salbiy muloqot, ya’ni tengdoshlarning bosimiga qanday javob berishni o’rgandim. Juda zo’r... Turli vaziyatlarda o’zingni qanday tutishni bilasan,” - deydi u.

Murabbiylar katta yoshlilar bilan ham ishlaydi. O’qish bobida maslahat beradi.

Millet: “Rezyume yozish, qanday o’qish, dars tayyorlash kabi masalalar”.

Merilend universiteti talabasi Tensay Geybriel - ko’ngilli. Qizlarga yo’l ko’rsataypti.

“E’tibor bilan tinglasangiz, qizlar ham asta-sekin o’z muammolari haqida gapira boshlaydi,” - deydi u.

Qizlar mentorlariga ishonganida qiyin masalalarni muhokama qilishdan qochmaydi. Masalan, jinsiy munosabatlar, seks haqida so’raydi.

Maktab direktori Reginald Maknil deydiki, “Imara Roz” qizlar uchun juda foydali.

“Ularning dunyoqarashi kengayadi. Dasturda ishtirok etish o’rnak bo’la oladiganlardan saboq olish imkonidir," - deya tushuntiradi u.

“Imara Roz” asoschisi Halima Adenegen yaqinda Vashington va Li universitetining yuridik fakultetini bitiradi. Ko’proq talabalar shunga o’xshash guruhlar tashkil etganida o’smir qizlar uchun katta yordam bo’lardi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG