"Amerika Ovozi" muxbiri Toshkentda sudga tortilishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Abdumalik Boboyev "Amerika Ovozi" ga uzoq yillardan beri ishlab keladi. Professional jurnalist sifatida tanilgan. Maqola va lavhalarida O'zbekistondagi nozik va murakkab muammolarni yoritadi, ammo ular haqorat va norozilikka undashdan yiroq.

Abdumalik Boboyev "Amerika Ovozi" ga uzoq yillardan beri ishlab keladi. Professional jurnalist sifatida tanilgan. Maqola va lavhalarida O'zbekistondagi nozik va murakkab muammolarni yoritadi, ammo ular haqorat va norozilikka undashdan yiroq.

Uzoq yillardan buyon “Amerika Ovozi” O’zbek xizmati bilan hamkorlik qilib, mintaqadagi shtatsiz-jamoatchi muxbir sifatida faoliyat yuritib kelayotgan, Malik Mansur taxallusi ostida qalam tebratuvchi Abdumalik Boboyev sudga tortilishi mumkin.

Toshkent shahar prokuraturasi jurnalistni O’zbekiston jinoiy kodeksining to’rt moddasini buzganlikda ayblamoqda. Jumladan, chet elga noqonuniy kirib - chiqqanlik, tuhmat va haqoratda hamda davlat xavfsizligiga raxna soluvchi materiallar tayyorlab, ularni tarqatganlikda.

Malik Mansur bu ayblovlarning barchasini rad etib, tanqidiy maqolalalari uchun nishonga olinayotganini aytmoqda.

“O’tkazilgan tergov-surishtiruv jarayonida men jurnalistlik faoliyatim, xususan mening maqolalarimga qo’yilgan baholarning asossizligini aytdim. Jurnalist sifatida men biror muammo yoki ijtimoiy vaziyat haqida yozganimda har bir masalaga nisbatan turli munosabat va qarashlarni aks ettirganimni aytdim",- deydi u.

"Shuningdek, maqolalarimda rasmiy ma’lumotlardan, muammoga nisbatan mustaqil qarashlarga ega bo’lgan nodavlat tashkilot vakillarining munosabat va mulohazalaridan manba sifatida foydalanganimni aytdim. Maqolalarim tanqidiy bo’lishi mumkin, lekin ular hech qachon haqoratlash va norozilikka undash uchun yozilmagan”.

Malik Mansur haqiqatdan ham O’zbekistonda hammaga ayon voqea va muammolarni xolisona yoritib keladi. O’z vazifasini professional ravishda, qolaversa, “Amerika Ovozi” jurnalistik qoidalariga sodiq holda bajaradi.

U Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tish uchun bir necha bor murojaat qilgan, ammo javob olmagan.

Tashkilotimizning maqsadi xabar va yangiliklarni xolis va faktlarga asoslangan holda ommaga yetkazish. O’zbek xizmati har kuni yarim soatlik radio eshittirish beradi. Shuningdek, har hafta “Amerika Manzaralari” nomli television ko’rsatuv tadqim etadi. Barcha dasturlar sun’iy yo’ldosh orqali efirga chiqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG