Shanba, 25-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 11:16

Matbuot

Markaziy Osiyodan uch jurnalist xalqaro sovrinlar bilan siylanmoqda

Qirg'izistondan Azimjon Asqarov, Tojikistondan O'rinboy Usmonov va Turkmanistondan Davletmirat Yazkuliyev - qahramonlar, deydi ta'sischilar.

Qirg'izistonda panjara ortida o'tirgan Azimjon Asqarov Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists) tomonidan yuksak sovrin bilan taqdirlandi. 
 
Azimjon Asqarov jurnalist va huquq himoyachi, deya ta’riflaydi tashkilotning mintaqa bo’yicha yetakchi mutaxassisi Muzaffar Sulaymonov. 

Gap shundaki, deydi u, Asqarov huquq ahvolini kuzatib, xolis axborot uzatgan va o’z ishida jurnalistik tamoyillarga rioya qilgan. Uning ezgu maqsadi ommani atrofdagi qonunbuzarliklardan voqif etish bo’lgan. Asqarovning materiallari ko’plab ishonchli manbalarda chop etilgan.
 
Xalqaro Matbuot Erkinligi Mukofoti (International Press Freedom Award) har yili dunyo bo'ylab sanoqli jurnalistlarga nasib etadi. 

Asqarov qatorida bu yili Braziliya, Xitoy va Liberiyada huquq va adolat uchun kurashgan insonlar ham e'zozlanmoqda.
 
Asqarov Qirg'iziston janubida “Vozdux” (Воздух) nomli nohukumat tashkilotiga asos solib, oshkoralikni targ'ib qilgan. 

O’tgan yili u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. 2010-yil iyun voqealari ketidan hibsga olinib, Jalol-Obod viloyatining Bozor-Qo'rg'on tumanida bir militsionerning o'limi va bir nechtasiga tan jarohati yetkazganlik, qurol saqlaganlik, garovga olishga harakat qilganlik va etnik adovat qo'zg'atganlikda aybdor deb topilgan. 2011-yil dekabrida Oliy Sud uning ishini qayta ko'rib chiqib, hukmni o'z kuchida qoldirgan.
 
Muzaffar Sulaymonovning aytishicha, advokatlar haqiqiy guvohlar bilan gaplashish kerak deb bosh prokuraturaga murojaat qilgan, ammo haligacha javob berilmagan. Asqarovga qarshi sudda na ashyoviy dalil, na mustaqil guvohlar ko'rsatmalari taqdim etilgan. Haqiqiy guvohlar esa qo'rquvdan sukut saqlashga majbur bo'lgan, deydi himoyachilar.

"Bu mukofot bilan dunyo ahli e’tiborini begunoh qamoqda o'tirgan jafokash bir inson taqdiriga qaratmoqchimiz", - deydi Muzaffar Sulaymonov, "Amerika Ovozi bilan suhbatda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi tahlilicha, sudda keltirilgan dalillarning birortasi pichoqqa ilinmaydi, ko'rsatmalar qiynoqlar ostida olingan, ayblovlar soxtalashtirilgan.
 
Qirg’iziston o’zini mintaqada demokratiya namunasi deb biladi, ammo nafaqat Markaziy Osiyo balki Yevropani ham qo’shib qaraganda, jurnalist va huquq himoyachisi bir umrga qamalgan yagona mamlakat o’zi shu, deydi Muzaffar Sulaymonov.

"Azimjon Asqarovning yolg'iz aybi korrupsiyaga botgan huquq-tartibot organlari xodimlari va ba'zi rasmiylarning ikki yil burungi etnik qirg'indagi harakatlarini fosh etganida", - deyiladi qo'mita bayonotlarida.

Tojikistonda terrorga qarshi kurashni yoritib tanilgan, ekstremist kuchlar bilan aloqa qilganlikda ayblanib sudlangan jurnalist O'rinboy Usmonov va Turkmanistondagi og’ir vaziyatdan dunyoni xabardor etib kelayotgan muxbir Dovletmirat (Dovletmyrat) Yazkuliyev inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilot "Human Rights Watch" ning Hellman-Hammett mukofotiga loyiq topildi.
 
Bu muassasaning mintaqa bo’yicha vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) "Amerika Ovozi" bilan muloqotda deydiki, bu sovrin o'z faoliyati uchun ta'qibga uchragan muxbir, adib va qalamkashlarga beriladi. 

Mukofot 1950-yillar oxirida Amerikada erkinlikni talab qilib qamalgan va tazyiqqa olingan ikki jurnalist, Lillian Hellman va Dashiel Hammett sharafiga ta’sis etilgan.

Sovrindorlar, deydi Sverdlov, jamiyatni qiynayotgan nozik masalalarni yorita bilgan, jasur qadamlar tashlab, hukumatni savolga tutgan, senzuraga qarshi kurashgan insonlar. Ular qamoq, qiynoq va doimiy bosimga qaramay o’z ishini sidqidildan bajargan. ​

O‘rinboy Usmonov, "Bi-Bi-Si" (BBC) O’zbek xizmatining Tojikistondagi muxbiri sifatida,  erkin axborot to'plash va uzatishga harakat qilgan. Prokuratura uni "Hizb-ut-Tahrir” partiyasiga a’zolik, ekstremistik guruhga qo’shilganlik va konstitutsion tuzumni ag’darishga da’vat etganlikda ayblagan. 

Usmonov milliy xavfsilik qo’mitasi xodimlari tomonidan qo’lga olinib, bir oy izolyatorda saqlangan. Sud O‘rinboy Usmonovni 2011-yilning oktabr oyida qisman aybdor deb topib, shartli jazoga mahkum etgan. Biroq jurnalist yuqori sudga shikoyat qilgan, chunki u o’zini begunoh deb biladi. 
 
Dovletmirat Yazkuliyev, "Ozodlik" radiosining Turkman xizmati muxbiri, 2011-yilning yozida Obodon shahridagi qurol-aslaha ombori portlagani haqida birinchilardan bo’lib axborot uzatgan, davlat yashirishga uringan ma’lumotlarni ko’tarib chiqqan jurnalist. Voqea bir necha insonni hayotdan olib ketgan.

Turkmaniston hukumati bundan g’azablanib, jurnalistni ta’qib ostiga olgan va soxta ayblovlar bilan besh yilga qamagan. Xalqaro hamjamiyat chaqiriqlari va bosimi samara berib, amnistiya asosida ozodlikka chiqqan. Davletmirad Yazkuliyev tinimsiz tahdidga qaramay faoliyatini davom ettirmoqda.

Markaziy Osiyoning uch jurnalisti xalqaro sovrin sohibi/Navbahor Imamova
Markaziy Osiyoning uch jurnalisti xalqaro sovrin sohibi/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Sonora sahrosi - AQSh-Meksika chegarasida - Water for Migrantsi
X
24.10.2014 23:59
Sonora dashti Shimoliy Amerikadagi eng issiq joylardan. Shunga qaramay Meksikadan chegarani kesib o’tmoqchi bo’lganlar ko’p hollarda aynan shu yerni tanlaydi. Safarga chiqqanlar orasida chanqoqlikdan nobud bo’lganlar kam emas. Bir mahalliy tashkilot suv ulasha boshlagan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobani

  • Kobani

  • Turkiya-Suriya chegarasida

  • Bag'dod

  • Kanadalik askarlar Iroqqa yo'l olayapti.

Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI