Forum: Andijon fojiasidan olti yil o'tib... Haqiqatni kim biladi?

  • Amerika Ovozi

Bobur maydoni, Andijon, 13 may 2005

Bobur maydoni, Andijon, 13 may 2005

2005 yilning 13 mayida Andijon shahrida ro'y bergan qonli voqealarni guvohlar va hukumat turlicha talqin qiladi. Prezident Islom Karimov va uning ma'muriyati nazarida bu tashqi kuchlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan terror xuruji bo'lgan.

O'sha kuni Bobur maydoniga davlat rahbarini ko'rishga chiqqan, maxsus kuchlar o'qidan qochib, bir amallab jon saqlab qolgan fuqarolarning aytishicha esa tinch aholi nishonga olingan.

Andijondagi qamoqxonaga bostirib kirilgani, bir necha mahbuslar qochgani va soqchilar halok bo'lgani inkor etilmaydi.

Hukumat deydiki, fojia 200 ga yaqin odamni hayotdan olib ketgan. Huquq himoyachilari taxminicha esa o'lganlar 500-1000 orasida.

Hukumat deydiki, fojia 200 ga yaqin odamni hayotdan olib ketgan. Huquq himoyachilari taxminicha esa o'lganlar 500-1000 orasida.

Xalqaro hamjamiyat voqea yuzasidan mustaqil tergov o'tkazishga chaqirgan, lekin O'zbekiston hukumati bunga yo'l bermay, uni o'zi taftish qilgan va o'nlab fuqarolar aybdor deb topilib, uzoq yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Hukumat hisobicha, o'lganlar soni 200 dan oshmaydi. Huquq himoyachilari esa yuzlab insonlar otib o'ldirilgan deydi.

Siz ushbu fojia haqida nima bilasiz? Sizningcha, Andijon fojiasi O'zbekiston tarixiga qanday kun sifatida kirgan? Yosh avlod bu haqda nima biladi? Fuqarolar va hukumat bu kundan qanday xulosa chiqargan? Marhamat, fikringizni boshqalar bilan o'rtoqlashing.

O'sha mash'um kun va undan keyingi vaziyatni aks ettiruvchi tasvirlar...

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG