Yevropa va NATO rahbarlari Islom Karimov bilan muloqotda


Islom Karimov Yevropa Ittifoqining ijrochi rahbari Joze Manuel Barroso (o'ngda) va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashar ekan, huquq bo’yicha xalqaro tashkilotlar G’arb hamjamiyatiga O’zbekistonda repressiv siyosat davom etmoqda, erkinlik

Islom Karimov Yevropa Ittifoqining ijrochi rahbari Joze Manuel Barroso (o'ngda) va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashar ekan, huquq bo’yicha xalqaro tashkilotlar G’arb hamjamiyatiga O’zbekistonda repressiv siyosat davom etmoqda, erkinlik

O’zbekiston rahbari Islom Karimov Belgiya poytaxti, qolaversa Yevropa Ittifoqi va NATOning ma’muriy markazi bo’lmish Bryusselda muzokaralar olib bordi.

Yevropa va O’zbekiston rasmiylarining aytishicha, tomonlar konstruktiv muloqotga kirishgan va o’zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik haqida gap ketmoqda.

Islom Karimov Yevropa Ittifoqining ijrochi rahbari Joze Manuel Barroso va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashar ekan, huquq bo’yicha xalqaro tashkilotlar G’arb hamjamiyatiga O’zbekistonda repressiv siyosat davom etmoqda, erkinlik muntazam ravishda oyoqosti qilinadi deya eslatgan.

24 yanvar kuni Bryusselda bir necha faollar Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston hamkorligini qoralab, namoyishga chiqqan. Human Rights Watch huquq tashkiloti ham Bryusselda shu kuni o’zining yillik xalqaro hisobotini taqdim etgan.

Yaqinda O’zbekistonda bo’lib qaytgan, u yerda ishlash uchun ruxsat ololmagan Stiv Sverdlovning bizga aytishicha, Human Rights Watch bugungi uchrashuvlarga qarshi emas.

“Biz uchrashuv bo’lmasin deyayotganimiz yo’q, aksincha bugungi uchrashuv huquq masalasini eng yuqori darajada va eng asosiy o’ringa qo’ygan holda muhokama qilish uchun noyob bir imkoniyat. Yevropa Ittifoqi bu davlatga nisbatan siyosatini oydinlashtirishi kerak",- deydi Sverdlov.

“O’zbekiston hukumati bilan dialog olib borish kerakligi va buning juda muhim ekanini ta’kidlab kelganman. Lekin bugungi kunda ular O’zbekiston prezidentini hamkor sifatida chaqirishayapti. Diktator bilan dialog qilish boshqa narsa, lekin diktatorni hamko

“O’zbekiston hukumati bilan dialog olib borish kerakligi va buning juda muhim ekanini ta’kidlab kelganman. Lekin bugungi kunda ular O’zbekiston prezidentini hamkor sifatida chaqirishayapti. Diktator bilan dialog qilish boshqa narsa, lekin diktatorni hamko

"Biz janob Barrosodan konkret gapirishni so’rayapmiz. O’zbekiston hukumati huquq bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun biror qadam tashlagani yo’q. Masalan siyosiy mahbuslarni ozod qilsin, fuqaro jamiyati erkin faoliyat yuritishi uchun zamin yaratilsin. Yevropa hamjamiyati O’zbekiston rahbariga aloqalar kelajagi va ravnaqi huquqqa hurmat bilan chambarchas bog’liq deya tushuntirishi kerak”, - deydi u.

Bryusseldagi uchrashuvlarda Toshkentda Yevropa Ittifoqi vakolatxonasini ochish masalasi haqida ham so’z ketgan.

Bu yaxshi, deydi Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlov, lekin vakolatxona ochish bilan ish bitmaydi.

"Yevropa Ittifoqi o’z maqsadlarini aniq belgilab olishi, uzoqni ko’zlab ish yuritishi kerak",- deydi mutaxassis.

NATO AQSh boshchiligida Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash majburiyatini o’z bo’yniga olgan va O’zbekiston bilan bu borada hamkorlik qilib kelmoqda. Respublika orqali urush maydoniga noharbiy vositalar yetkaziladi .

Yaqinda O’zbekistonda bo’lib qaytgan, u yerda ishlash uchun ruxsat ololmagan Stiv Sverdlovning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, uning tashkiloti Human Rights Watch bugungi uchrashuvlarga qarshi emas. Lekin huquq birinchi o'ringa qo'yilishi kerak.

Yaqinda O’zbekistonda bo’lib qaytgan, u yerda ishlash uchun ruxsat ololmagan Stiv Sverdlovning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, uning tashkiloti Human Rights Watch bugungi uchrashuvlarga qarshi emas. Lekin huquq birinchi o'ringa qo'yilishi kerak.

Yevropa Komissiyasi va NATO bilan muloqotda energetika va xavfsizlik sohalarida birga ishlash haqida gaplashilgan. Diplomatlar yopiq eshiklar ortida o’tayotgan uchrashuvlar haqida ko’p ma’lumot bermayapti. Bu esa tanqidni kuchaytirmoqda.

Yevropa Komissiyasi, blok ijroiya organi so’zlovchisi Maykl Karnitchnigning bildirishicha, Joze Manuel Barroso bugun prezident Karimov bilan uchrashuvida inson huquqlari masalasini ko’targan. Yevropa hamjamiyati O’zbekistonda qiynoqlar davom etayotganidan xavotirda va bu usullarni qoralaydi, deydi rasmiylar. Shuningdek, ittifoq O’zbekistonda uzviy huquqlar, xususan so’z va matbuot erkinligi amalda ta’minlanishini istaydi.

Barroso va Karimov, 24 yanvar, Bryussel

Barroso va Karimov, 24 yanvar, Bryussel

Lekin huquq targ’iboti bilan mashg’ul muassasalar va o’zbekistonlik faollar nazarida bular quruq bayonotlar.

“2005 yilda Andijonda yuz bergan qonli voqealarda hukumatni ayblab, Karimov ma’muriyatiga nisbatan sanksiyalar qo’ygan Yevropa Ittifoqi bugun nega O’zbekiston diktatori bilan og’iz-burun o’pishmoqda?” - deya so’ramoqda ular.

Eksperlar deydiki, gap O’zbekistonning energetik boyliklari va Afg’onistonda vaziyat tang ekanida. Yevropadagi o’zbek faollari Karimovning safarini turlicha baholaydi.

O’zbekistondan bosim ostida chiqib ketgan, hozirda Parijdan turib faoliyat olib borayotgan huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyeva fikricha, Yevropa Ittifoqi diktator bilan hamkorlikka kirishib, o’zbek xalqi va umumbashariy qadriyatlarga hurmatsizlik qilmoqda.

Gollandiyada asoslangan Dunyo O’zbeklari Uyushmasi rahbari Bahodir Uzoqov ham Yevropa Ittifoqini erkinlik masalasiga jiddiy qaramayotganlikda ayblab, tanqid qiladi.

Lekin uning nazarida rahbarlar orasida muloqot juda zarur. Yuzlab o’zbeklar bugun vatanini tazyiqlar ostida tark etib, Yevropa davlatlaridan boshpana so’ramoqda. Rad etilayotganlar, yordam so’rab qayga borishini bilmay o’tirganlar juda ko’p.

Bryusseldagi rahbarlar O’zbekiston, Qirg’iziston va butun Markaziy Osiyoda ahvol naqadar mushkul ekanini tushunib yetmayapti, deydi u.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, deydi Bahodir Uzoqov, masalan Shvetsiya, Norvegiya va Gollandiyada rasmiylar O’zbekiston yo’rig’i bilan qochqinlarni vataniga qaytarishga qaror qilayotgani achinarli hol.

“O’sha yerda tazyiqqa uchrab, vataniga borsa hayoti xavf ostida qoladigan qancha qancha odamlar, jumladan muxolifatchilar, hukumatni tanqid qilgan odamlar, mitinglar va piketlarga chiqqan, xorij axborot vositalariga intervyu bergan insonlarning taqdiri osilib yotibdi. Mana shu odamlarga rasmiy maqom berishmayapti. O’zbekiston bilan kelishib, ular berayotgan ma’lumotlarni dastak qilishayapti”.

Bahodir Uzoqovning izohlashicha, Islom Karimovning Bryusselga safari Yevropa axborot vositalarida deyarli yoritilmayapti.

“Bularda bu haqda ma’lumot judayam kam. Bo’lsa ham mutaxassislarda bor ma’lumot. Bu yerdagi huquq tashkilotlari, siyosatchilar tashrif haqida salbiy fikrda. Ular bugungi uchrashuvlarni quvvatlamayapti. Hozirgacha biror ijobiy fikr eshitganim yo’q”,- deydi u.

Islom Karimov Belgiya qiroli Albert II bilan ham uchrashgan. Madaniy aloqalarni yaxshilashga kelishib olingan. Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan muzokaralar so’ngida memorandum imzolangan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG