Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

  • Amerika Ovozi

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

Ozon qatlamining ilgari inson salomatligiga zarari yo'q deb hisoblangan qismi izchilroq o’rganib chiqilganida, zaharli gazlar topilgan.

Loren Alba xronik astma bilan kasallangan, bu dardga yo’liqqaniga 20 yil bo’ldi. Ayniqsa katta shaharda qiyin deydi u.

“Hamma narsa ob-havoga bog’liq. Ko’chaga chiqa olmayman. Ishim bo’lsa, erta sahar yoki oqshom bitirishga harakat qilaman. Mashina, avtobuslardan uzoqroqda yurishim ham kerak”.

Nafas olish yo’llari kasalliklarini o’rganuvchi markaz hisobicha, Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi.

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

“Atrof-muhit imkon qadar toza bo’lishi kerak. Osmon chang-to’zon, tutun va zaharli gazlarga to’la bo’lsa, mening ham holimga voy deyavering. Nafasim qisiladi”, - deydi Loren.

Ekologiya agentligi va Shimoliy Karolina Universiteti birgalikda o'tkazgan tadqiqotga ko’ra, ozon qatlamining bugunga qadar xavfsiz deb hisoblangan qismi inson sog’ligiga jiddiy xavf solar ekan.

"Ayniqsa nafas yo’llari uchun xavfli. Oxirgi tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatmoqda”, - deydi mutaxassis Janis Nolen.

Tadqiqot sog’lom, oldin astma holatlari kuzatilmagan yosh yigit va qizlar orasida o’tkazilgan.

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

Amerikada 20 milliondan ziyod odam astma bilan yashaydi

"Biz avvallari sog’liqqa zarar emas deb oylagan qatlamga e’tibor qaratdik. Laboratoriya natijalari bizni hayratga soldi. Tajribada qatnashayotganlarning birdan nafas olishi qiyinlashdi”, - deydi u.

O’pkani zaharlagan havo ko’zga ko’rinmas gazdan iborat. Uning tarkibida 3 kislorod atomi ham mavjud. Nafas olganda odamning ichki a’zolariga zarar keltirishi kuzatilgan. Bosh aylanib, nafas olish yo’llari ishdan chiqadi.

Buning ustiga avtomobil tutuni ham qo’shilib, nafas olish yanada qiyinlashadi. Ba’zida esa yurak xuruji va insultga ham yetaklashi mumkin. Ayniqsa shahar sharoitida ehtiyot bo’lish kerak, deydi Janis Nolen.

“Odam gavjum va transport vositalari qatnovi ko’p joylarda astma kasali bor odamlar ehtiyot bo’lishi kerak. Lekin bu boshqa joylar xavfsiz degani emas”.

So’nggi 40 yil davomida AQSh hukumati atrof-mihit zaharlanishini oldini olish, zaharli gazlar miqdorini pasaytirish borasida qator qonunlar qabul qildi. Mutaxassislar nazarida bu yetarli emas.

“So’nggi hisobotimizga qarasangiz, mamlakat bo’ylab 175 million fuqaro toza havodan nafas olmayotganini ko’rasiz. Bu AQShning yarim aholisi”, - deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG