Sudanda referendum qonli olishuvlar ostida o'tmoqda

  • Amerika Ovozi

Bugun referendumning to'rtinchi kuni

Bugun referendumning to'rtinchi kuni

Janubiy Sudanda mustaqillikka doir referendum davom etmoqda. Aholining 60 foizi ovoz bergani ma’lum.

Referendumning dastlabki natijalari kelasi hafta ma’lum bo’ladi.

Mamlakat beqaror, o’tgan hafta janub va shimol o’rtasidagi bahsli hududlarda odamlar to’qnashgan. 46 kishi nobud bo’lgan.

Shimol va janub rahbarlari bugun majlis qilib, vaziyatni muhokama qilmoqda.

Qo’shma Shtatlar referendumni olqishlab, Sudan xalqini qo’llab-quvvatlamoqda. Rasmiy Xartum referendum natijalarini tan olsa, Sudan terrorizmni moliyalovchi davlatlar ro’yxatidan olinishi mumkin, deydi AQSh elchisi Prinston Liman.

Biroq huquq faollari nazarida Vashington xulosa qilishga shoshmasligi kerak. Tizim juda zaif va jangarilar mamlakatda bemalol harakat qiladi.

Shimol va janub uzoq yillar urush qilgan. Darfur hali ham beqaror

Shimol va janub uzoq yillar urush qilgan. Darfur hali ham beqaror

Tahlilchilar ta’biricha janub mustaqillikni qo’lga kiritishi aniq. Shu tariqa yozda dunyo xaritasida yangi davlat paydo bo’lishi kutilmoqda.

Huquq faoli Sem Bell Ugandada asoslangan jangari guruh – Isyonchilar armiyasi va Sudan hukumati o’rtasida aloqa bor-yo’qligini aniqlab olishi kerak.

Qo’shma Shtatlar bu jangari guruhni terrorchi tashkilot deb biladi. Uning yetakchisi Jozef Koni esa qatliom aybi bilan Xalqaro Jinoiy Sud qidiruvida.

1980-yillarda paydo bo’lgan bu jinoiy to’da hozir butun Afrika sharqini titratmoqda. O’g’rilik, jinsiy zo’rlash, bolalarni o’g’irlash kabi ayblovlar yangramoqda.

Guruh hozir Sudanning Darfur mintaqasida, isyonchilar va armiya olishayotgan hududda faol ekani aytiladi.

Darfur mintaqasi hamon notinch. Hukumat u yerdagi etnik zo’ravonliklarni tugatish uchun aniq chora ko’rmas ekan, AQSh joriy etgan iqtisodiy sanksiyalar amalda qolishi kerak, deydi tahlilchi Deyvid Abramovits.

Sudanning neftga boy, shimol va janub o’rtasida joylashgan Abiye viloyati hafta oxirida ovoz berishi kerak. Hududni va qora oltindan tushgan daromadni qanday taqsimlash hozir dolzarb mavzulardan.

Yaqinda viloyatdagi to’qnashuvda o’nlab odam nobud bo’lgan. Huquq faollari janub va shimol o’rtasida urush ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG