Ikkinchi jahon urushining aytilmagan hikoyalari

  • Amerika Ovozi

Ali Shokir Pashkaning otasi yosh yahudiy yigitiga ikki yil panoh bergan, konsentratsion lagerdan saqlab qolgan.

Ali Shokir Pashkaning otasi yosh yahudiy yigitiga ikki yil panoh bergan, konsentratsion lagerdan saqlab qolgan.

AQShning Missuri shtatida g’aroyib bir ko’rgazma o’tmoqda. Ikki mingdan ortiq yahudiy hayotini saqlab qolgan musulmonlar haqida.

Fotograf Norman Gershman bu insonlar haqida eshitgach, ular bilan ko’rishish maqsadida Albaniyaga yo’l oladi. “Bu yurtga borib bu oilalarni o’z ko’zim bilan ko’rgim, ular bilan tanishgim keldi”, - deydi u.

Greshman olgan suratlar bugun dunyoning turli muzey va ko’rgazmalaridan joy olgan. Greshman 6 yil davomida Albaniya va Kosovoni kezadi.

Aholining kundalik hayoti va turmush tarzni suratga tushiradi.Rasmlardan birida yahudiylarning diniy kitoblari yonida turgan albaniyalik musulmonni ko’rasiz.

“Hech qachon yodimdan chiqmaydi. Bir odamni suratga olish uchun borgan edim. U nega kelding deb jahli chiqqandek bo’ldi. Unga siz urush paytida yahudiylarni o’limdan qutqargan ekansiz desam, nega hayron bo’lasan dedi. Inson insonni qutqaradi, har bir alban shunday yo’l tutgan bo’lar edi, deb javob berdi”, deydi u.

Basri Hasaniy qo’shnisi, yaqin do’sti Moshe Rubenovichni uyiga olgan, natsistlarga qarshi kurashgan. Yordamga muhtoj kishilar uchun eshigim ochiq, deydi u.

Basri Hasaniy qo’shnisi, yaqin do’sti Moshe Rubenovichni uyiga olgan, natsistlarga qarshi kurashgan. Yordamga muhtoj kishilar uchun eshigim ochiq, deydi u.

Alban tilida “besa” degan so’z bor. Uni oddiy qilib “lafz” deb tarjima qilsa bo’ladi.

“Besa izzatini joyiga qo’yish, himoya qilish demakdir. Albanning uyiga mehmon kelgan odam uning uchun ulug’, kerak bo’lsa mezbon uni tish-tirnog’i bilan himoya qiladi”, - deydi Alberto Kolonomos.

U 1933 yilda Yugoslaviyada tug’ilgan. 10 yoshida oilasi Albaniyaga qochib o’tishga majbur bo’ladi.

U yerda 7200 dan ziyod yahudiy yashar edi. Ularning hammasini konsentratsion lagerlarga olib ketishgan. Hech kim qaytib kelmagan. Hammasi qirilib ketgan. Surgundan bir ikki hafta oldin 50 tacha oila qochib qutulgan”, - deydi Kolonomos.

Kazaziylar oilasi ham yahudiylarni bag’riga olgan. Mahallaning tort ko’chalari bo’ylab panalab olib qochganmiz ularni, deydi oila.

Kazaziylar oilasi ham yahudiylarni bag’riga olgan. Mahallaning tort ko’chalari bo’ylab panalab olib qochganmiz ularni, deydi oila.

Uning oilasini mahalliy tamaki fabrikasida ishlaydigan badavlat bir kishi o’z qaramog’iga oladi.Yevropaning boshqa qismidagi ko’pchilik yahudiylar yerto’lalarda qiyin bir ahvolda berkinib jon sag’lagan bo’lsa, Albaniyada ularga musulmoncha ismlar berib ulug’ mehmon kabi ehtirom ko’rsatilgan.

“Albanlar o’z hayotini xavf ostiga qoyib, bizni saqlab qolishgan. Agar ular qo’lga tushsa natijasi qanday ayanchi bo’lishini bilar edi. Yordam berganlarning ba’zilarini otib tashlashgan. Lekin albanlar lafz qildimi, so’zining ustida turadigan xalq", - deydi Kolonomos.

Isroil-Falastin mojarolari og’riqli bir nuqtada turgan paytda bu kabi ko’rgazmalar insonlarni o’ylantirsa, ularga bilim bersa ajabmas, deydi Jastin Kerr, amerikalik ravin. U boshqaradigan ibodatxona masjidlar bilan iliq aloqada.

Musulmonlar va yahudiylar orasidagi munosabat doim ham Isroil va Falastin orasidagi munosabat bilan hamohang bo’lmagan.

Missuri shtatidagi muftiylardan biri Minhojiddin Ahmad ko’rgazmani tashkil etgan sinagoga bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

“Yaqin Sharq mojarosi inson sifatida, dindor musulmon sifatida bizning ham tinchimizni buzgan. Ko’rgazma tashkil qilish bilan biz dinlararo muloqotning vaqti yetganini ta’kidlamoqhcimiz. Musulmonlar yahudiylarni o’limdan saqlab qolgan. Islom aqidasi ham aslida shunga da’vat qiladi. Ko’rgazma dinimiz haqida noto’gri tasavvurga ega insonlarga ma’lumot beradi”,- deydi muftiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG