Isroil Falastinning G'azo Sektoriga havodan raketa yog'dirishda davom etmoqda. Davlat rasmiylari bu amaliyot "XAMAS" guruhining hujumlariga javoban amalga oshirilayotganini aytadi. Tunda ro'y bergan hujumda 10 dan ortiq falastinlik, jumladan, ikki bola halok bo'lgan.
Isroil havo hujumiga uchragan G'azodagi manzara
- Amerika Ovozi

1
Isroilning havo hujumidan saqlanish uchun qochayotgan falastinliklar, G'azo, 9-iyul, 2014-yil.

2
Isroil uyushtirgan havo hujumidan so'ng hosil bo'lgan tutun va chang-to'zon, G'azo, 9-iyul, 2014-yil.

3
Falastinlik bola Isroil hujumidan vayron bo'lgan uydan yaroqli uy jihozlarini qidirmoqda, G'azo, 9-iyul, 2014-yil.

4
Isroil havo hujumidan so'ng hosil bo'lgan kuchli portlash, G'azo, 9-iyul, 2014-yil.