AQSh qarori afg’onlar orasida keng bahsga sabab bo’lmoqda. Ayrimlar nazarida Amerika hali-beri Afg’onistonni tark etmaydi. Ba’zilar esa xorijiy qo’shin ketishi bilan vaziyat juda og’irlashishidan xavotirda.
Xitoy bilan strategik raqobat Prezident Jo Baydenning Yaponiya Bosh vaziri Yoshixide Suga bilan uchrashuvida bosh mavzu bo’ldi. Xitoydagi inson huquqlari bilan bog'liq ahvol ham muhokama qilingan.
Rossiya ham amerikalik 10 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi. Bir qancha AQSh rasmiylarining Rossiyaga kirishi taqiqlanadi.
Ba’zilar xavotiriga ko’ra, Afg’onistonda birorta xorijiy qo’shin qolmasa, al-Qoida qayta oyoqqa turishi yoki Tolibon hukumatni ag’darib, yana hokimiyatga kelishi mumkin.
Amerikadagi 18 ta razvedka idorasining yillik xulosasiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron tahdidlari bilan yuzlashmoqda.
Kobulga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, harbiylarni vatanga qaytarish jarayoni yaqin orada boshlansa-da, Afg’onistonga ko'mak davom etadi.
20 yillik urush Amerikaga trillionlab dollarga tushdi. Bundan tashqari, 2300 dan ziyod amerikalik, yuzlab xorijiy askar va o’ng minglab afg’on nobud bo’ldi.
Xitoy ta’siri va qudrati kuchayib borayotgan bir paytda Bayden mintaqadagi hamkorlari bilan ittifoqchilik aloqalarini yanada kuchaytirish niyatida.
Rossiya Ukraina bilan chegarada harbiy salohiyatini oshirib, o’rtada taranglik kuchayar ekan, AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qarshi har qanday harbiy tajovuz salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
AQSh 2001-yilda o'z hududida amalga oshirilgan terror xurujlari ketidan Afg'onistonga bostirib kirgan, Tolibonni hokimiyatdan ag'dargan va ekstremizmga qarshi global urush boshlagan edi. 20 yil o'tib, bu harbiy missiya tugatilmoqda.
AQSh razvedka idoralari xulosasiga ko'ra, Koronavirus pandemiyasi Xitoy kabi ba’zi davlatlarni AQSh manfaatlariga zid harakatlarni amalga oshirishdan to’xtata olmagan.
Amerika harbiylari Afg’onistonni may oyigacha tark etadi deb o’ylagan Tolibon Oq uyning eng so’nggi qaroridan norozi ekanini bildirib, barcha xorijiy askarlar mamlakatdan ketmaguncha tinchlik muzokaralarida qatnashmasligini bildirdi.
Ko'proq...