Breaking News

Foydalanish imkoniyati

Section 508

Foydalanish imkoniyati

AQSh Global media agentligi imkoniyati cheklangan federal xodimlar va jamoatchilik vakillari uchun saytlarimizga muammosiz kirish imkoniyatini yaratib berishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun Reabilitatsiya qonunining 508-bo’limi talablariga rioya qilamiz. 508-bo’limga ko’ra, jamoatchilikning imkoniyati cheklangan vakillari, agar bizdan xizmat yoki ma’lumot olishni istasa, nuqsonga ega bo’lmagan boshqa shaxslar kabi bu ma’lumotlardan foydalana olishi kerak. Amalga oshirish mumkin bo’lmagan holatlar bundan mustasno.

508-bo’lim nogironligi yo’q boshqa xodimlarga berilgan axborot va ma’lumotlardan imkoniyati cheklangan federal xodimlar ham birdek foydalana olishi uchun sharoit yaratib berishni talab qiladi. Amalga oshirish mumkin bo’lmagan holatlar bundan mustasno.

Reabilitatsiya qonunida ta’riflangan nogironlik tufayli saytimizdagi biror materialdan foydalanishda qiynalsangiz, yordam uchun bizga bog’laning.

Sizga eng samarali tarzda yordam ko’rsata olishimiz uchun, iltimos, saytdan foydalanishdagi muammoni aniq tasvirlab bering; ma’lumotning qanday formatda berilishi bo’yicha o’z xohishingizni, siz foydalanganda muammo yuz bergan materialning saytdagi manzilini (havolani) hamda sizga bog’lanishimiz uchun aloqa ma’lumotlaringizni bizga jo’nating.

Section 508 bo’yicha shikoyatlarni ko’rib chiqish tartibi

1973-yilgi Reabilitatsiya qonuni 508-bo’limiga (29 U.S.C. 794d) kiritilgan va 2001-yil kuchga kirgan o’zgartirishlarga ko’ra, har bir federal agentlik o’zi ishlab chiqqan elektron va axborot texnologiyasi imkoniyati cheklangan jamoatchilik vakillari, federal agentlik xodimlari yoki ishga kirmoqchi bo’lgan talabgorlar foydalana oladigan darajada bo’lishini ta’minlashi lozim. Agar bunday imkoniyat bo’lmasa, shaxslarga agentlik ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan. Qonunga ko’ra, agentliklar 508-bo’lim bo’yicha tushgan shikoyatlarni 504-bo’lim shikoyatlari tartibida ko’rib chiqishi kerak.

Agar siz jamoatchilikning imkoniyati cheklangan vakili yoki AQSh Global media agentligining shunday xodimi yoki ishga topshirayotgan arizachisi bo’lsangiz va 1973-yilgi Reabilitatsiya qonuni 508-bo’limi talablari amalga oshirilmagani yuzasidan shikoyat qilishni xohlasangiz, qonun buzilishi yuz bergan holatdan boshlab 180 kun ichida o’z shikoyatingizni yozma va imzo chekilgan shaklda quyidagi manzilga jo’natishingiz mumkin:

United States United States Agency for Global Media (USAGM)
Voice of America (VOA)

Chief Information Officer (OCIO)
ATTN: VOA Section 508 Complaints Program Manager
330 Independence Ave SW
Washington, D.C. 20223

Shikoyatingizda 508-bo’lim talablari qanday bajarilmagani haqida yetarli va batafsil ma’lumot bo’lishi kerak, toki Teng imkoniyatlar idorasi nima qayerda va qachon yuz berganini, agentlikning qaysi bo’limida, agar ma’lum bo’lsa, bu holat ro’y berganini tushunishi kerak.

AQSh Global media agentligining Fuqarolik huquqlari idorasi 1973-yilgi Reabilitatsiya qonuni 508-bo’limi yuzasidan tushgan shikoyatlarni tekshiradi va o’z xulosasini beradi. Imkoniyati cheklangan shaxslar agentlikning Fuqarolik huquqlari idorasiga ma’muriy shikoyat yo’llab, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, agentlik saytlari yoki 508-bo’lim me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan boshqa ma’lumotlar qayta ko’rib chiqilishini hamda ular qonunga moslashtirilishini talab qilishi mumkin.

AQSh Global media agentligi shikoyatingizni o’rganib chiqib, yechim topishga harakat qiladi. Agar yechim topilmasa, o’rganish natijalari sizga xat orqali yuboriladi. Agar natija sizni qoniqtirmasa, qaror ustidan qayta shikoyat qilishingiz mumkin. Agar qayta shikoyat qilsangiz, agentlik barcha ma’lumotlar asosida so’nggi qarorini chiqaradi. Bu qarorda o’rganish natijalari, zarur bo’lsa, muammoni bartaraf etish uchun ko’riladigan choralar va bunday qarorga kelish sabablari tushuntiriladi.

Shikoyat qilishning muqobil yo’llari: AQSh Global media agentligi shikoyatlarni topshirishda yordamga muhtoj bo’lgan yoki shikoyatini boshqa usulda topshirishni istagan shaxslarga ko’mak ko’rsatadi. Masalan, imkoniyati cheklangan odam shikoyatini elektron yo’l bilan, audio orqali, Brayl yozuvida yoki boshqa shaklda jo’natishi mumkin. Elektron shikoyatlar section508@voanews.com manziliga yuborilishi kerak.

XS
SM
MD
LG