Buxorolik Farrux Akramov andijonlik sherigi bilan CargoPrime degan kompaniyani boshqaradi. Pensilvaniya shtatida asoslangan yuk tashish biznesi hozirda O'zbekistonda ham yuzlab odamni ish bilan ta'minlamoqda. Nyu-Yorkda vatandoshlarning Mahalla USA jamiyatida Farrux bilan suhbatda bo'ldik.
Abdumalik Ahmedov Nyu-Yorkdagi o'zbeklarni birlashtirgan Mahalla USA tashkilotini boshqaradi. 18-sentabrda O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Amerikadagi vatandoshlar bilan uchrashganida u bilan ham gaplashdi. Mahalla USA nima maqsadlarni ko'zlaydi?
Xusrav G’iyosovni AQShda o’z yo’lini topgan muhojirlardan deyish mumkin. Taekvondo bo’yicha ko’plab xalqaro musobaqalarda u g’oliblikni qo’lga kiritgan. Xusravning bugun o’z shogirdlari bor, Kolorado shtatida u taekvondo maktabi ochgan.
Farhod Inogambayev - AQSh kapital bozorida yetuk mutaxassis. Uzoq yillardan beri Nyu-Yorkda faoliyat yuritadi. Hozirda uning banki O'zbekiston bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Nyu-Yorkning mashhur "Times Square" qismida Farhod bilan muloqotdamiz.
Nyu-York ko'chalarida Prezident Mirziyoyevni olqishlayotgan va u bilan ko'rishib, davra suhbatida qatnashgan o'zbekistonliklar bilan suhbat. BMT Bosh Assambelyasi yillik sessiyasidan Navbahor Imamova.
26-27-avgust kunlari Nyu-Yorkda o’zbekistonlik vatandoshlar “Mustaqillik kubogi-2023” futbol turnirida qatnashdi. 2016-yildan beri davom etayotgan an'anaviy musobaqada 15 shtatdan jamoalar qatnashdi.
Amerikaga o'qish yoki ishlash uchun borish yoki doimiy yashashga ketish imkoniyatini qanday qo'lga kiritish mumkin? Amerika orzusi nima? Toshkentda "Amerika Ovozi" va Xabardor.uz jurnalistlari muhokamasi.
"Amerika Ovozi" Nyu-York shahrida faoliyati yuradigan markaziy osiyolik imom Serjan Kaliyev bilan e'tiqod va immigrantlar xususida suhbatlashdi.
Eramizning 2-3 asriga borib taqaladigan Tuproq qal'a qadim Xorazm shohlarining qarorgohi bo'lgan. O'sha zamonlarda yuzlab xonadan iborat saroy bo'lgani taxmin qilinadigan obidaga nazar tashladik. Arxeologlarga ko'ra, Tuproq qal'a atrofida qariyb 2000 aholi istiqomat qilgan shahar bo'lgan.
Nyu-York shahar meri Erik Adams bilan uchrashuv meriyada davra suhbati formatida tashkil etildi.
Sirojiddin Ziyoviddinxo’jayev – taekvondo bo’yicha qora kamar, uchinchi dan sohibi. Ota-onasi bilan 2009-yilda AQShga ko’chib kelgan. Sirojiddin bir kun kelib jahon chempioni bo’lish va o’zining sport maktabini ochishni orzu qiladi.
- Amerika-Meksika chegarasida boshpana so’rayotganlar - Markaziy Osiyodan kelayotganlar ham ko'p - O’zbekistonlik yurist vaziyatni va shartlarni tushuntiradi - AQShga kelishning qanday yo’llari bor?
Ko'proq...