Oq uy shu hafta iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga bag’ishlangan xalqaro virtual sammitga mezbonlik qiladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Van Venbin Yaponiya va AQShni boshqalarga aql o’rgatguncha, o’z xatolarini tuzatishga chaqirdi.
Xitoy ta’siri va qudrati kuchayib borayotgan bir paytda Bayden mintaqadagi hamkorlari bilan ittifoqchilik aloqalarini yanada kuchaytirish niyatida.
“Ayni damda besh nafar meksikalik qilgan ishni bajarish uchun 12 nafar amerikalikni yollashga majburman”, - deydi tadbirkor Din Blanshar.
“Jonson va Jonson” vaksinasining yon ta’siri emlanishga shubha bilan qarayotgan odamlarni vahimaga solishi aytilmoqda. Bundaylar Amerikada 20 foizni tashkil etadi.
AQSh razvedka idoralari xulosasiga ko'ra, Koronavirus pandemiyasi Xitoy kabi ba’zi davlatlarni AQSh manfaatlariga zid harakatlarni amalga oshirishdan to’xtata olmagan.
Koronavirusga qarshi vaksinaning har ikki dozasini olgan keksalar uchun hayot nihoyat normal holatga qaytmoqda.
Baydenning aytishicha, kompaniya rahbarlari bilan muloqotdan maqsad yarim o’tkazgichlar ishlab chiqaruvchi ichki sanoatni kuchaytirish, Amerika ta’minot zanjirini himoya qilish.
AQShda masjidlar namozxonlarni koronavirusga qarshi emlanishga undamoqda. Inson hayotini asrash - muqaddas vazifa, degan targ'ibot olib borilmoqda.
2 trillion dollarlik reja yo’l va ko’priklarni ta’mirlash, internet tezligini oshirish, tezyurar poyezd qatnovini yo’lga qo’yish va boshqa loyihalarni o’z ichiga oladi.
Emlash guvohnomasi Amerikada munozarali mavzu. Ayrim respublikachi gubernatorlar bunday guvohnomani hatto man qilib, maxsus farmon chiqargan.
So’nggi haftalarda Amerikaning turli shtatlarida ketma-ket otishmalar ro’y berdi. Koloradoda 10 kishi, Jorjiyada sakkiz kishi, Kaliforniyada to’rt odam halok bo’ldi.
Ko'proq...