Breaking News

AQShda harbiy samolyot ustalari kamyob


Harbiy samolyot ustalari kamyob
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

AQSh havo kuchlarida nafaqat uchuvchilar yetishmayapti balki mexaniklar ham kam. Harbiy samolyotlarni ta’mirlash, ularni muntazam ravishda tekshirib, ko’rikdan o’tkazib turadigan ustalar bugun noyob mutaxassislar.

Havo kuchlarini ularning mehnatisiz tasavvur qilish qiyin. Samolyotlarning har bir qismi izchil ko’zdan kechiriladi.

Texnik mutaxassislar kamayib borayotgani ulkan muammo.Lengli-Yustis havo bazasidamiz. Mexaniklarning qo’li qo’liga tegmaydi. F-22 Raptor samolyotidan T-38 Talon rusumidagisiga. Ular yarim asrdan beri xizmatda. Ta’mir kundalik talab.

“Kuniga bir bor yoki har ikkinchi kun bu rusumdagi samolyotlardan birini ko’zdan kechirishga to’g’ri keladi. Baquvvat texnologiya lekin uni tushunish va ta’mirlab turish kerak. Uchmayotgan bo’lsak, shu yerdamiz. Samolyotlarimizni tuzatish, har bir qismini obdon charxlash bilan ovoramiz” , - deydi o'zini leytenant Baff deb tanishtirgan zobit.

Mutaxassis yetishmayotganini sezmaysiz, chunki xodimlar tinimsiz mehnatda.

Mexaniklar kamligi bois ham biror samolyot chetda qolib ketmasin deya yanayam qattiqroq ishlashadi. Samolyotlar xizmatga shay turishi kerak. Og’ir, lekin zarur ish.

Pentagonda esa rasmiylar mexaniklar kamligi katta muammo ekanini tan oladi.

“Xavotirga tushmay iloj yo’q. Anchadan beri shu ahvol. Lekin vazifamizni bajarib kelayapmiz”, - deydi general-leytenant Jon Kuper, mexaniklar guruhi uchun mas’ul.

Kongress byudjetni qirqqani uchun ham bu xodimlarning soni kamaygan.

“O’tgan yildan beri ko’p o’zgarishlar qilishga majbur bo’ldik. Tizim oldingidek emas. Bunga shubha yo’q. Ko’p narsa tarixda qoldi”, - deydi general-leytenant Kuper.

U va general-mayor Skott Vonder Hemm uchuvchilar va mexaniklar sonini oshirish yo’llarini qidirmoqda.

“Havo kuchlariga talabni qondirish kerak. Odamlarni ko’paytirish kerak. Iloji boricha tezroq”,- deydi general-mayor Hemm.

Mutaxassislar xorijdagi missiyalarini qoyilmaqom qilib bajarib kelmoqda, deydi qo’mondonlar. Shunday ekan, vatanda ularni quvvatlash lozim. Treninglardan vaqtida o’tishlari zarur.

“Vatanga qaytgach ularni keyingi missiyalarga tayyorlash kerak. Bu muhim mashg’ulotlar vaqt va qunt talab qiladi. Odam yetishmasligi butun jarayonga salbiy ta’sir qiladi. O’tkir uchuvchi va texnniklar kerak axir”, - deydi general-leytenant Kuper.

O’tgan yili AQSh havo kuchlarida 3800 mexanik yetishmayotgan edi. Bu yil 500 mutaxassis qo’shildi. Treninglardan o’tdi. Lekin hozir yana 3300 mexanikka talab bor.

Hamma narsa byudjetga borib taqaladi, deydi generallar. U oshsa, mutaxassis yollanadi. Oshmasa, hammaga qiyin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG