Breaking News

Tahlilchi: Afg’on hukumati va harbiy kuchlari yaroqsiz


Afg'on maxsus kuchlari, Hilmand viloyati
Afg'on maxsus kuchlari, Hilmand viloyati

Afg’onistonni qayta tiklash jarayonini tekshiruvchi AQSh inspektorining yillik hisobotiga ko’ra, mamlakat hududining 9 foizi jangarilar qo’lida. Xorijiy kuchlar ketganidan beri vaziyat salbiylashgan.

Tahlilchi Asadulla Nadim so’zlariga ko’ra, Tolibon kuchaymagan, balki hukumat zaiflashgan.

“SIGAR hisoboti haqiqat. Mudofaa vazirligining so’zlovchi SIGARning tekshiruv ishlari yakunidan so’ng biz ko’p hududlarni qaytib oldik, dedi. Lekin men bu gapga ishonmayman. Chunki 2016- yili avgustidan beri hech bir hudud jagnari to’dalar nazoratidan qaytib olinmagan. Harbiylar faqat mudofaa holida turibdi”, - deydi Asadullah Nadim.

Afg’onistonda harbiy kuch 350 ming odamni tashkil etadi. 17 ming harbiy janglarda ishtirok etadi, boshqalari esa davlat organlari va xavfsizlikni ta’minlash bilan band.

Kobul ko'chalarida
Kobul ko'chalarida

Tahlilchi Asadullah Nadim Prezident Ashraf G’anining qurolli kuchlar korrupsiyaga borgan degan gaplarini tanqid qiladi. Uning nazarida, prezident bunday gaplarni aytishdan ko’ra, islohotlarga zo’r berishi lozim.

“Matbuot yoki quyi maqomdagilarning harbiy organlarda fisod bor deya iddao qilishi boshqa bir masala, lekin, Ashraf G’ani prezident, harbiy kuchlar bosh qo’mondoni. U fisod bor deyishdan ko’ra, mudofaa, ichki ishlar vazirligi va milliy xavfsizlik idoralaridagi ahvolni tekshirib, ko’zdan kechirishi, jinoyatchilatni jazolashi lozim. Lekin u (G’ani) bu ishni qilmaydi, gap bilan odamlarni aldashga harakat qiladi”,- deydi Nadim.

Tahlilchi siyosiy rahbarlar o’zaro kelisha olmaguncha, mamlakat taraqqiyot sari qadam tashlashi tasavvurdan uzoq ekanini ma’lum qiladi.

“Afsuski, hukumat juda zaif. Prezident bir tomonga, bosh vazir va ularning muovinlari yana bir tomonga yon bosadi. Ular orasidan birdamlik yo’q. Bu kelishmovchiliklar harbiy kuchlarni zaiflashtiradi. Harbiy byujet 5 milliard dollar. Bu katta bablag’ joy-joyiga sarflansa, hech qanday jangari kuch afg’on harbiylarini yenga olmaydi. ”,- deydi tahlichi.

XS
SM
MD
LG