Breaking News

AQShda ishlash uchun H1-B vizasi olish yanada qiyinlashdi


Kanzas shahrida hindistonlik ishchilar 7000 dan oshadi
Kanzas shahrida hindistonlik ishchilar 7000 dan oshadi

Prezident Donald Tramp yaqinda imzolagan farmonga ko’ra, bizneslar uchun xorijdan mutaxassis yollash qiyinlashdi. H1-B turidagi viza bilan ishchi olib kelish imkoniyati cheklandi. Hindistondan bu viza orqali azaldan eng ko’p kadr kelar edi. Kanzas shahridagi vaziyat bilan tanishdik.

Kanzasda kriket ligasi bor. ((NATS)) Hindistonlik birinchi avlod muhojirlar tomonidan tashkil etilgan. Hozir 300 dan ortiq o’yinchi va 24 jamoa bor.

“Kimdir kriket o’ynayotganini ko’rsangiz, men ham qo’shilsam maylimi, deb so’ragingiz keladi” - deydi Himant Tivari ismli muhojir.

Kanzas Amerikaning qoq o’rtasida. Bir qarashda hindlar bu yerda nima qiladi deb o’ylash mumkin. Muhojirlar aslida ko’p emas bu hududda.

“Nyu-Yorkdan ko’chib kelganmiz. Kanzas qayerda desa, bilmas edik. Mana uy-joyimiz shu yerda, bolalar, butun ro’zg’or”, - deydi Anil Sinkx.

Sinkx yaqinda Amerika fuqarosi bo’ldi. Bu mutaxassis yosh vatandoshlari endi u singari H1-B vizasi orqali kela olmaydi, deya xavotirda. Tramp ma’muriyati kompaniyalarni mahalliy ishchi yollashga majburlash uchun chet eldan kamroq odam olishga undamoqda.

Prezident Tramp fikricha Amerika kompaniyalari avvalo amerikaliklarni ishga olishi shart
Prezident Tramp fikricha Amerika kompaniyalari avvalo amerikaliklarni ishga olishi shart

“H1-B vizasi olish uchun murojaat qilsam, maoshimga qarashadi. Yiliga 130 ming. Yo’q, deyishadi. Bu degani, imkoniyatni boy beraman”, - deydi Axil Kodaru, yana bir muhojir.

“Sprint” telekommunikatsiya kompaniyasi Kanzasda joylashgan. Janubiy Osiyodan minglab ishchilarga ega. Aksariyati H1-B vizasi bilan taklif qilingan.

“Rosa o’qidik, jumladan, magistraturada. Bir dunyo pul sarflab, hunarli bo’ldik. Keyin mana ish topdik, o’z sohamizda. Halol mehnat qilamiz. Kompaniyamiz rozi”,- deydi Vijaykumar Ponnusami.

Yangicha siyosat muhojirlarni xavotirga solmoqda, lekin ularni hech kim hozircha haydayotgani yo’q. Ishi, maoshi joyida.

“Hayot osuda. Hech qayerga ketmayman”, - deydi Manasvini Vesang ismli ishchi.

Kanzasda 7000 ga yaqin hind mutaxassis bor. Ibodatxona, do’konlar, restoranlar. Ko’pi tarixiy maskanlar, chunki Hindistondan muhojirlar kela boshlaganiga ancha bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG