Breaking News

Komilov Vashingtonda Tramp maslahatchisi va Davlat kotibi muovini bilan uchrashdi


H.R. Makmaster, Prezident Trampning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi
H.R. Makmaster, Prezident Trampning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-yanvar kuni Vashingtonda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rahbari, Prezident Donald Trampning maslahatchisi H.R. Makmaster bilan uchrashdi.

Rasmiylarning tasdiqlashicha, tomonlar o'zaro hamkorlik, shuningdek, Markaziy Osiyo xavfsizligi hamda Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

17-yanvar kuni Amerika-O'zbekiston Tijorat Palatasida Toshkentdan kelgan delegatsiya sharafiga tadbir o'tgan.

AQSh Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shennon va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Vashington, 17-yanvar, 2018
AQSh Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shennon va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Vashington, 17-yanvar, 2018

Kechga tomon esa Komilov AQSh Davlat departamentida Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shennon bilan uchrashgan. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o'tgan. Toshkentdan berilgan qisqacha bayonotga ko'ra, "siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirish" xususida gaplashilgan.

Qozog'iston rahbari Nursulton Nazarboyev AQShga safar qilib, 16-yanvar kuni u Oq uyda Prezident Trampning mehmoni bo'ldi. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlab, global muammolarga qarshi birga kurashishga kelishib oldi. 17-yanvar kuni esa Nazarboyev AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens bilan ko'rishgan.

Qozog’iston, O’zbekiston: AQShda delegatsiyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:05 0:00

15-yanvar kuni Komilov Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot qilgan edi. O'zbekiston-BMT hamkorligini oshirish hamda O'zbekistonning bu tashkilot doirasidagi faoliyatini kengaytirish haqida gap ketgan.

Payshanba kuni Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashida Qozog'iston raisligida katta yig'in. Markaziy Osiyo va Afg'oniston bo'yicha ham tadbir o'tishi kutilmoqda. Unda mamlakatlarning bosh diplomatlari qatnashadi.

BMT, Nyu-York, 15-yanvar, 2018
BMT, Nyu-York, 15-yanvar, 2018

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG