Breaking News

Virjiniyada dehqonlar maktabi ochildi


Talabalar mashg'ulot ustida

Shahar infratuzilmasi tobora dalalarga kirib borar ekan, Dag Fabioli qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining kelajagidan xavotirda. Virjiniyadagi uzumzor egasi muammoga yechim topish maqsadida dehqonchilik maktabini ochdi. Maqsad kelajak fermerlarini tayyorlash.

Dehqon bo'lish oson emas, ammo yoshlar buning zavqini bilganda edi, jon deb shu ishni qilishardi, deydi Dag Fabioli.

Muvaffaqiyat qozonish uchun malaka kerak.

Fabioli ochgan maktabda shu narsa o'rgatiladi.

"Kelajakda fermer bo'lishni orzu qiluvchi yoshlarni qidiryapmiz. Bu ishlarni ko'tarib chiqadigan liderlarni, uni boshqalarga o'rgata oladigan murabbiylarni izlayapmiz", - deydi Fabioli.

O'qish bepul. Malakali ishchilarga talab esa oshib bormoqda.

"Malina, qulmoq kabi mevali o'simliklarni yetishtirishni o'rgandim", - deydi talabalardan biri.

"Bularni o'rganish zavqli. Tabiat qo'ynida bo'lishni yoqtiraman. Ichkarida ko'p vaqt o'tkaziladigan amaliyotlarda bo'ldim. Lekin menga tashqarida bo'lish ko'proq yoqadi", - deydi deydi yana bir talaba.

Lekin hamma ish ham tashqarida emas. Talabalar beshta fandan dars olishadi. Tozalash, sanitariyadan tortib bog'dorchilik, mehmondo'stlik, yetakchilik va ishbilarmonlikgacha o'rgatiladi.

Talabalar kundalik texnikani qanday qo'llashni va tuzatishni ham bilishi kerak.

Vino tayyorlash ham o'quv dasturining bir qismi.

Bu ish uchun Megan Tardif mas'ul. U nafaqat vino tayyorlashni, balki yetakchilik sirlarini ham o'rgatadi.

"Murabbiy bo'lishning yaxshi tomoni shundaki, men talabaga boshqalarga ham o'rgatish imkonini beraman. Yetakchilik hamma joyda bor, faqat ishda emas. Faqat xodimlar bilan ishlashda emas, butun hayot davomida qo'l keladi", - deydi Tardif.

"Bir kun kelib o'z fermamga ega bo'lishimga va qo'l ostimda odamlar ishlashiga umid qilaman", - deydi talabalardan biri.

Fabioli bundan xursand. Dehqonlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi, deydi u.

"Biz mamlakatdagi eng boy okruglardan birimiz. Maqsadimiz okrugda, shtat darajasida yerni asrash, g'arbiy Loudondagi yashil manzarani saqlab qolish. Dehqonchilik yo'li bilan buni amalga oshirishimiz kerak, bizga ko'proq dehqonlar kerak", - deydi Fabioli.

Maktab oldiga qo'yilgan vazifa ham shu - malakali va uddaburo dehqonlarning kelajak avlodini yaratish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG