Breaking News

16 yoshlilar ovoz berishni istaydi


Vashington yoshlari 16 yoshdan saylovlarda qatnashmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00

Vashington yoshlari 16 yoshdan saylovlarda qatnashmoqchi

Amerikada 18 yoshdan boshlab ovoz berish mumkin. Ammo poytaxt Vashingtondagi yoshlar 16 yoshdan ovoz berishni istab, mahalliy rasmiylarga murojaat bilan chiqdi. Shahar kengashi a'zolarining yarmidan ko'pi bu g’oyani qo’llab-quvvatlamoqda. Agar tasdiqlansa, Vashington birinchilardan bo’lib 16 ga kirganlarga mahalliy va federal saylovlarda qatnashish huquqini bergan bo’ladi.

Yoshlar 16 yoshdan ovoz berishni istaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

Vashingtonlik yoshlar siyosiy qarashlarini ifoda etish uchun namoyishlar, ommaviy yurishlarda qatnashgan, hatto darslarini tashlagan. Ular 18 yoshdan emas, 16 yoshdan ovoz berish huquqini talab qilmoqda. Ba’zilari hozirdan saylovga taraddud boshlagan.

“Kelasi yil ovoz berish huquqiga ega bo'laman. Bizning qarashlarimizni qo’llab-quvvatlovchi nomzodlarga ovoz beraman”, - deydi Villiam Vatson.

Shahar kengashining 13 a’zosidan yetti nafari yoshlar tomonda. Ular Merilend tajribasiga ishora qilmoqda. 2013-yilda bu shtatning Takoma Park shahri 16 ga kirganlarga mahalliy saylovlarda qatnashishga ruxsat bergan AQShdagi ilk shahar. Ushbu kampaniya boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Vashingtonda yashovchi 12 mingga yaqin 16-17 yashar o'smirlar bundan umidvor.

Takoma Park shahar kengashi sobiq raisi Tim Malega ko’ra, Vashington yoshlari va shahar qonunchilari Shotlandiyadagi o'xshash kampaniyadan ilhomlangan.

“Ovoz berish uchun ro'yxatdan o’tgan yoshlarning 40 foizi haqiqatda jarayonda qatnashgan. Yevropa uchun bu past ko'rsatkich bo'lishi mumkin, ammo shahrimiz aholisining atigi 20 foizi saylovlarda qatnashadi”, - deydi u.

Vashington yoshlari 16 yoshdan saylovlarda qatnashmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00

Islohotlar amalga oshib, Tim Malening Zoya ismli 16 yoshli qizi bir necha oy oldin ilk bor ovoz berdi.

“Ajoyib tajriba bo'ldi. Men ovoz bergan nomzod saylanmadi, ammo jamiyat mening ham fikrimni hisobga olgani zo'r bo'ldi”, - deydi u.

Tim Malening fikricha, 16 yoshdan ovoz berishga qarshi sabab yo'q. Bu yoshdagilar kattalar kabi mas’uliyatga ega.

“Amerikada 16-17 ga kirganlar ishlaydi, soliq to’laydi. Kattalar kabi jinoiy javobgarlikka tortilishi, sud qilinishi, 17 yoshdan harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bularning hammasi kattalar mas'ul ishlar bilan barobar”, - deydi Tim Male.

Ammo bu fikrga qo’shilmaydiganlar ham bor. Jurnalist Kris Kor 16 yoshlilar ovoz berishga hali tayyor emas, deydi.

“16 yoshda tamaki sotib olishga yoki kredit karta ochishga ruxsat berilmaydi. Buning o’ziga yarasha sabablari bor. Jamiyat 16 yoshlilarning hali ham g’o’rligini tan oladi. Shuning uchun ham ovoz berish va boshqa ishlarga 18dan keyin ruxsat berilishi bejiz emas”, - deydi u.

Boshqalar nazarida, saylovchilar yoshini kamaytirish tabiiy jarayon. Masalan, 1970-yilda ovoz berish yoshi 21 dan 18 ga tushirilgan. Konstitutsiyada bunga mone’lik yo’q.

“Konstitutsiyadagi 26-o’zgartirishga ko’ra, 18 yosh va undan oshgan Amerika fuqarolarining ovoz berish huquqini inkor etib bo'lmaydi. Hujjatda shtatlar ovoz berish yoshini tushira olmaydi deyilmagan”, - deydi 16 yoshlilarning ovoz berish huquqini targ'ib qilayotgan faol Deyv Chandler.

O’smirlar iyun oyida qabul qilinadigan qonun ularning ham manfaatlarini hisobga olishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG