Breaking News

Vashington choyxonasi: O'zbekiston tarixiy vatandoshlariga fuqarolik beradimi?


Turkistonliklar BMT bosh qarorgohi oldida

O'zbekistonda sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan minglab oilalar dinini va erkinligini saqlab qolish uchun vatanini tashlab ketishga majbur bo'lgan. Ularning avlodlari bugun dunyoning turli davlatlariga tarqab ketgan. Bugun Afg'onistondan tortib Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va hatto AQSh hamda Yevropa davlatlarida ularni ko'plab uchratish mumkin.

Ular orasida tarixiy vataniga doimiy qaytishni, O'zbekistondan fuqarolik olishni istaydiganlar oz emas. Bu masalada bir guruh saudiya arabistonilik o'zbeklar O'zbekiston hukumatiga hatto rasmiy murojaat bilan ham chiqishdi. Natija qanday bo'ldi?

Ota-bobolari asli o'zbekistonlik, o'zi Afg'onistonda tug'ilgan va hozir AQShda istiqomat qiluvchi Abdulmannon Keskin bilan shu haqda suhbat qurdik.

Muloqotimizni quyida tomsha qiling.

Vashington choyxonasi: vatanga qaytish orzusi bilan yashayotgan o'zbeklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:36:27 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG