Breaking News

Afg'onistonlik ayol: parlamentga saylansam, ayollar huquqi uchun kurashaman


Afg'oniston parlamenti deputatligiga nomzod Soyra Shikib bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:36 0:00

Joriy yilning 20-oktabriga belgilangan parlament saylovida 2691 kishi oz nomzodini qo’ygan, ulardan 404 tasi ayollar. Vakillar majlisida ayollarga 25 foiz o’rin berilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, nomzodlarning 15 foizi ayollar. “Amerika Ovozi” deputatlikka ayol nomzodlardan biri bilan suhbatda bo’ldi.

Biri necha yildan beri Juzjon viloyatining Fayzobod tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Soyra Shikib “Milliy Junbish” partiyasi tomonidan deputatlikka o’z nomzodini qo’ygan. Xalqing istagi va olqishlari uni bu ishga undaganini bildiradi.

“Agar xalqqa xizmat qilsangiz buni xalq biladi ekan, qo’llab-quvvatlaydi ekan. Odamlarning olqishlari meni xursand qildi. Endi xalqning siyosiy tushunchasi o’zgaribdi, ular oldingi kishi emaslar. Xalq kim ularning ovozi bo’lishini biladi. Agar men yutib vakillikka yo’l topsam, xalqqa xizmat qilishdan tortinmayman. Xalqning dardiga darmon bo’lishni xohlayman”, - deydi Soyra Shikib.

Hozirgi vakillardan aksariyat aholi norozi ekan, xonim Shikib odamlarni gohida xizmat bilan, gohida shirin so’z bilan va gohida siyosat bilan ko’ndirish kerak, deydi.

“Oldingi vakillar xalqqa pul berib, yoki aldab ovoz olgan. Biz xalqqa vakillarning vazifalari, ular berayotgan ovozlarning ahamiyatini tushuntirish va bildirishga harakat qilamiz. Odamlar ovozlarining qimmatini bilsin, ularning yetuk ovozi bo’la oladigan, dardlarini ular bilan ulasha oladigan kishilarni saylasinlar”,- deydi qonunchilik palatasi nomzodi xonim Shikib.

Suhbatdosh ijtimoiy muammolar, xavfsizlik masalari kabi omillar ayollarningdeputatlikka nomzod bo’lishiga to’siq bo’lganini urg’ulaydi. Xonim Shikib ayni holda Juzjondagi faol ayollar o’rtasida birdamlik borligini ham bildiradi.

“Oddiy bir kishi bo’lib yashash uchun kafolat yo’q. Kobul kabi ba’zi viloyatlarda uydan chiqib qaytib kelishga ichonch qolmagan. Lekin Shibirg’onda xavf unchalik sezilmaydi”, - deydi u.

Parlament saylovoldi targ’ibotlari hali boshlanmagan bo’lsa-da, ayrim nomzodlarning tarafdorlari bilan uchrashuvlari, odamlarni saylovga qiziqtirish, ovoz berishga undash kabi faoliyatlari allaqachon boshlangan.

Mustaqil saylov komissiyasining bildirishicha, nomzodlar 28-sentabrdan 17-okbabrgacha o’z saylovoldi targ’ibotlarini davom ettira oladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG