Breaking News

Vashington choyxonasi: AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyatining kelajagi qanday?


Nyu-Yorkdagi o'zbekistonliklar jamiyati

"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida AQShdagi o'zbekistonlik muhojirlar hayoti, ular amalga oshirayotgan ishlar, umuman, Amerikadagi o'zbekistonliklar jamiyatining buguni va ertasi haqida suhbat qurdik.

Bu galgi suhbatdoshimiz Solih Yahyoyev - jurnalist, asli o'zbekistonlik. Hozir Nyu-York shahrida istiqomat qiladi. Bu yerdagi o'zbekistonliklar jamoasi faoli. Ayni paytda Nyu-York shahrida chop etilayotgan "Golos Vostoka", ya'ni "Sharq ovozi" deb nomlangan jurnal bosh muharriri. Solih aka, dasturimizga xush kelibsiz.

AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyatining kelajagi qanday? Ular borgan sari uyushmoqdami yoki tarqalib, Amerika madaniyati va hayot tarziga singib yo'q bo'lib ketish xavfi bormi?

Solih Yahyoyev bilan shu va boshqa savollar atrofida suhbat qurdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Amerikadagi o'zbekistonliklar kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:28:43 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG