Breaking News

Vashington choyxonasi: "Amerika Ovozi" O'zbekistondan xabar beradi


"Amerika Ovozi" o'zbek xizmati jamoasi

"Amerika Ovozi" muxbiri Navbahor Imamova yaqinda O'zbekistonda bo'lib qaytdi. Ushbu tashrifning o'ziga xos jihati shundaki, u bu safar mamlakatga "Amerika Ovozi"ning akkreditatsiyadan o'tgan xodimi sifatida bordi.

Shu paytgacha mamlakatda "Amerika Ovozi" teleradiosining muxbiri yo'q edi. Ya'ni, bunga ruxsat olish imkonsiz bo'lgan. Mamlakatning yangi hukumati yaqinda "Amerika Ovozi" muxbiriga mamlakatga kelib ishlash huquqini berdi.

Bu nimadan dalolat? Hukumat nihoyat xorijdagi o'zbekzabon ommaviy axborot vositalariga ochildimi? Mamlakatda so'z erkinligi bugun to'la ma'noda o'zini namoyon qilyaptimi? O'zbekiston jurnalistlari hozir qanday ishlayapti? Mavjud muammolar va imkoniyatlar nimalardan iborat?

"Vashington choyxonasi"ning bu dasturida Navbahor Imamova bilan shu savollar atrofida suhbat qurdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: O'zbekistonga safar taassurotlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:39:05 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG