Breaking News

Xirosimada yadro hujumining 73 yilligi xotirlandi


Yaponiya rasmiylari 1945-yilgi atom hujumi qurbonlari xotirasiga sukut saqlamoqda, Xirosima, Yaponiya, 2018-yil, 6-avgust.

Yaponiyaning Xirosima shahri meri o'sib borayotgan millatchilik dunyo tinchligiga tahdid solayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u shaharga AQSh tomonidan atom bombasi tashanganining 73 yilligini xotirlash tadbirida gapirdi.

Tinchlik memorial parkida so'zlagan mer Kazumi Matsuiga ko'ra, ayrim davlatlar Sovuq urush tugashi bilan o'chgan nizolarni qayta alanga oldirmoqda. Bu mamlakatlar yado qurollarini zamonaviylashtirish bilan bir qatorda o'zlarini ulug'lovchi millatchilikka urg'u bermoqda, dedi u.

Ayni paytda Matsui yadro qurollarini yo'q qilish harakatida Yaponiyani yetakchi bo'lishga chaqirdi. Tokio yadro qurollariga qarshi AQSh himoyasida, "Yadro soyaboni" deb nomlanuvchi dastur a'zosi, lekin Yadro qurollari tarqalishining oldini olishga qaratigan xalqaro bitimga imzo chekmagan.

1945-yil 6-avgustda Xirosima shahriga tushgan atom bombasi portlashi oqibatida 170 ming odam halok bo'lgan. Bundan uch kun o'tib Nagasaki shahrida ham xuddi shunday fojea yuz bergan va unda 70 ming odam o'lgan edi. Shu ikki hujum ortidan Germaniya ittifoqichisi bo'lgan Yaponiya taslim bo'lgan va II Jahon urushiga yakun yasalgan.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abening aytishicha, Yaponiya yadro quroliga ega va ega bo'lmagan davlatlar o'rtasida kengayib borayotgan jarlikni kamaytirishda vositachi bo'lishga tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG