Breaking News

Amerika shaharlarida uyushgan jinoyatchilik kuchaymoqda


Los-Anjeles shahrida otishma yuz bergan hudud
Los-Anjeles shahrida otishma yuz bergan hudud

AQShdagi yirik shaharlar ko'chalarida o'lja qidirib yurgan raqobatchi zo'ravon guruhlar o'rtasida to'qnashuvlar tez-tez sodir bo'lib turadi. Rasmiylarga ko'ra, Chikago va Los-Anjelesdagi qotilliklarning yarmiga uyushgan jinoiy to'dalar sababchi. Ularning xalqaro kartellarga ham aloqasi borligi aytiladi.

Los-Anjeles janubidagi mahallalarni politsiya patrul mashinalar va vertolyot orqali nazorat qiladi. Sherif idorasida xavfsiz ko'chalar bo'yicha maxsus bo'linma ham bor. Bu yerda ishlovchi Daren Diviak zo'ravon guruhlar qo'lida hayotini boy bergan politsiyachilarni ko'p ko'rgan. Ular vahshiy va tish-tirnog'igacha qurollangan, deydi u.

"Narkotiklar savdosida daromad katta, shu bois ularda pul va yaxshi qurollar bor", - deydi Diviak.

Jinoiy to'dalar metamfetanim, kokain va geroin sotishadi hamda kartellarga ulush berib turadi.

Deyarli har bir ko'chaning egasi bor.

"Bu tomonda, shimoli-sharqda Frut Taun Payru, janubiy tomonda esa Tri Top Payru guruhi hukmron", - deydi politsiyachi Daren Diviak.

To'da a'zolari o'z hududlarini graffiti chizib belgilab olishadi.

"O'tgan hafta shu yerda bir yigitni otib o'ldirishdi. Uni quvib borib otishgan. Uni otishganda bir yosh qizning yuziga ham o'q tekkan. Terisi shilingan", - deydi Diviak.

Ba'zan politsiyachilarning maqsadi janjallarning yanada kuchayishiga yo'l qo'ymaslik.

Haqiqiy tahdid uyushgan to'dalardan. Asosan, mahalliy aholi aziyat chekadi.

Shahar kunduzi xavfsiz, ammo kechasi emas.

"Ular kutishadi, kechasi o'q ovozlari eshitiladi, odamlar derazadan qarashga qo'rqadi", - deydi Diviak.

"Barrio 18" yoki "MS-13" kabi uyushgan jinoiy guruhlarning hammasi Los-Anjelesda boshlangan. Hozir ular xalqaro miqyosda.

AQShda 30 mingdan ortiq uyushgan to'dalar bor, hatto qamoqxonalarda ham. Huquq-tartibot organlari ma'lumotiga ko'ra, ularning a'zolari soni bir milliondan oshadi. Jinoiy to'dalar katta shaharlarda faol, ammo borgan sari kichik shaharlar va qishloq hududlarga ham kirib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG