Breaking News

Moskva bekor qilingan Afg’oniston sammitini qayta o'tkazmoqchi


Kobul, Afg'oniston
Kobul, Afg'oniston

Shu oyning boshida Moskvada Afg’oniston sulhi yuzasidan xalqaro anjuman o’tkazilishi rejalangan edi. Lekin Kobul unda ishtirok etmasligini e’lon qilishi ortidan u bekor qilingan edi.

Lekin Rossiya hukumati bekor qilingan mazkur anjumanni tez orada o’tkazishga harakat qilayotgani haqida xabarlar bor.

Rossiyaning Afg’oniston ishlari bo’yicha maxsus vakili Zamir Kobulovga ko’ra, Afg’oniston hukumati Tolibon harakati vakillari bilan yuzma-yuz muzokalar olib borishga tayyor.

“Bugungi kunda sammitning qachon o’tkazilishi emas, uning asosiy mavzulari muhokama qilinmoqda”,- deydi Kobulov.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Nasir Ahmad Andisha rahbarligidagi delegatsiya Moksvada bo’lib, o’tkazilishi kutilayotgan sammit yuzasidan gaplashgan.

Afg’oniston tashqi ishlar vazirligi Nasir Ahmad Andishaning Moskvaga boraganini tasdiqlamoqda. Safar chorshanba kuni amalga oshgan.

Afg’oniston delegatsiyasi safar davomida Moskva sammitining o'tkazilish muddati haqida ham gaplashgan.

Lekin Tolibonning sobiq qo’mondonlaridan biri Moskva anjumanida ushbu harakat vakillari qatnashmasligi mumkinlgini aytgan.

4-sentabrda o’tkazilishi belgilangan Moskvaning Afg’oniston sulhiga bag’ishlangan anjumanida 12 davlatdan rasmiylar taklif qilingan edi. Sammitga AQSh va Kobul rasmiylari bormasligini bildirgach, Moskva sammit Kobul istagi bilan to’xtatilganini aytgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG