Breaking News

O'zbekistonda o'qiyotgan afg'on talabalarga stipendiya berilmayapti


O'zbekistonda tahsil olayotgan afg'onistonlik talabalar
O'zbekistonda tahsil olayotgan afg'onistonlik talabalar

Surxondaryo viloyatida tashkil qilingan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan afg’on yoshlari ularga va’da qilingan oylik stipendiya hanuzgacha to’lanmaganidan shikoyat qilmoqda.

Termizda o’qiyotgan Afg’onistonlik talabalar bu haqda o’zlarining “Facebook”dagi sahifalarida yozgan.

Ularga muammo yuzasidan hech kim javob bermayotgani aytiladi.

O'zbekistonda tahsil olayotgan afg'onistonlik talabalarga afg’on hukumati oylik stipendiya berishi belgilangan edi. Oylikning hanuzgacha to’lanmagani talabalar orasida norozilik uyg’otgan.

Agar stipendiyalar o'z vaqtida to'lanmasa, moliyaviy muammolar sababli yoshlar o’qishlarini davom ettira olmasliklari haqida ogohlantirmoqda.

Bundan tashqari, talabalarning yillik shartnoma to’lovi 4000 AQSh dollarini tashkil qilib, shundan 50 foizini Afg’oniston va qolgan 50 foizini O’zbekiston hukumati to’lab kelmoqda. O’quv markazida talabalar yotog'i va uch mahal ovqatlanishi bepul, ya'ni O'zbekiston tomonidan qoplanadi.

Termizda joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 131 nafar afg’onistonlik talaba tahsil olmoqda. Ularning 96 nafari o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishiga qabul qilingan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG