Breaking News

Vashington choyxonasi: AQShda xalqaro talabalar soni kamayyaptimi?


Kolumbiya universiteti bitiruvchilari, Nyu-York, 17-may, 2017-yil.
Kolumbiya universiteti bitiruvchilari, Nyu-York, 17-may, 2017-yil.

12 - 16-noyabr kunlari AQShda Xalqaro ta'lim haftaligi o'tkazildi. Shu munosabat bilan Xalqaro ta'lim instituti yillik "Ochiq eshiklar" hisobotini e'lon qildi. Bu hisobotda AQShda o'qiyotgan xalqaro talabalar va xorijda ta'lim olayotgan amerikaliklarga oid yangi raqamlar, oliy ta'lim sohasidagi o'zgarishlar, trendlar haqida yangi ma'lumotlar, raqamlar aks etgan.

Bugun AQShda qancha xalqaro talaba tahsil olmoqda? Ular orasida o'zbekistonliklar nechta? Xorijliklarni o'qishga qabul qilish bo'yicha o'zgarishlar bormi? Grant yutib olish va elchixonada talaba vizasini qo'lga kiritish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzularni muhokama qildik.

AQShda ta'lim olish tomoshabinlarimiz bizdan eng ko'p so'raydigan mavzulardan biri. Bu haqda "Amerika Ovozi"ga ko'plab savollar keladi. Muloqotda mana shu savollarga ham javob berishga harakat qilamiz.

Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: AQShda o'qish bo'yicha maslahat va ma'lumotlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:25:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG