Breaking News

Geni o'zgartirilgan oziq-ovqat: ijobiy va salbiy jihatlari nimada?


Genetik jihatdan o'zgartirilgan oziq-ovqat yaratilganiga bir necha asr bo'ldi. Masalan, yovvoyi pomidor yoki sabzi bugun biz iste'mol qiladigan navlardan keskin farq qiladi. Ilm-fan taraqqiy etishi bilan o'simlik va hayvonlar genetikasi bo'yicha yangi kashfiyotlar yuzaga chiqmoqda.

Golshteyn zotdor sigirlari nafaqat sersutligi, balki shoxi bilan ham tanilgan.

"Ular ishchilar va boshqa sigirlar uchun xavf tug'dirgan, shu bois shoxi qo'l bilan olib tashlanardi", - deydi tadqiqotchi Alison Van Inenam.

Geni o'zgartirilishi hisobiga bugun bu sigir shoxsiz.

"Bir juft molekulyar qaychiga o'xshaydi bu. Genomdagi maxsus joyga kirib, DNKni qirqishni buyurasiz. Bu yo'l bilan genomni tashkil etuvchi minglab genlardan birini o'zgartirasiz va foydali genetik o'zgarishni amalga oshirasiz", - deydi Inenam.

Golshteyn sigirlarining shox o'stiradigan geni shoxsiz Aberdin-angus molining geni bilan almashtirilgan.

Bu kabi kashfiyotlar oziq-ovqat sanoatida tub burilish yasamoqda.

Masalan, tarkibidagi trans yog'larni yo'qotish uchun soyalar geni o'zgartirilgan.

Mana bu qo'ziqorinning oppoq rangi ham shunday amaliyot mahsuli.

Olimlar shu yo'l bilan dehqonchilikdagi jiddiy muammolarga yechim topish umidida.

AQSh, Hindiston va Xitoyda hosillarni barbod qilayotgan sitrus kasalligi ulardan biri.

"Floridada 15-18 yil oldingi 240 million qutilik yillik hosil o'tgan mavsumda 45 million qutiga tushib qoldi", - deydi Florida universiteti tadqiqotchisi Fred Gmitter.

Kasallikka chidamli navni yaratish uchun olimlar sitrus genlari ustida izlanish olib bormoqda.

Buning uchun tashqi o'simliklardan emas, balki sitrusning o'zidagi evolyutsion jarayondan nusxa olishga e'tibor qaratilmoqda.

"O'simlik DNKsidagi tabiiy tartibni o'zgartirish ustida ishlayapmiz", - deydi Gmitter.

Ammo genetik o'zgartirish va genetik muhandislik o'rtasida farq bor, deydi olimlar.

"Geni o'zgartirilgan barcha mahsulotlarni birinchi avlod deb atayman. Bunda siz genni xromosomaning istalgan joyiga qo'shasiz. Genetika muhandisligi esa biror gap yoki so'zni tahrir qilishga o'xshaydi. Ya'ni aniq bir joyni tanlab, o'sha yerni o'zgartirasiz", - deydi Shimoliy Karolina davlat universiteti tadqiqotchisi Jenifer Kuzma.

Genlarni aniq o'zgartirish salbiy oqibatlardan xoli bo'lmasligi mumkin, deydi Kuzma. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarida. Shu bois, deydi ekspert, geni o'zgartirilgan yeguliklarni ishlab chiqarishga alohida tekshiruvlardan keyingina ruxsat beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG