Breaking News

Xitoy mahsulotlariga yanada yuqori tariflar belgilanadi


AQSh Prezidenti Donald Tramp (chapda) Xitoy rahbari Si Zinpin bilan, Pekin, 8-noyabr, 2017-yil.
AQSh Prezidenti Donald Tramp (chapda) Xitoy rahbari Si Zinpin bilan, Pekin, 8-noyabr, 2017-yil.

Prezident Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan barcha tovarlarga nisbatan maxsus tariflar joriy qilish istagini yana bir bor tasdiqladi.

"Wall Street Journal" nashri bilan suhbatda prezident yangi yildan boshlab 267 milliard dollarlik Xitoy tovarlariga 25 foizlik jarima qo’llash ahdida qat'iy ekanini ma’lum qilgan. Jumladan, noutbuk va “Apple iPhone”lari ham shu ro’yxatga kiritilishi mumkin. Bu shu paytga qadar 250 milliard dollarlik tovarlar uchun qo'yilgan tariflarga qo'shimcha bo'ladi.

Prezident Donald Tramp bir necha kundan keyin Argentinada "Katta yigirmalik" sammiti doirasida Xitoy rahbari Si Zinpin bilan uchrashadi. Savdo urushining keyingi bosqichi ana shu uchrashuvda hal qilinishi mumkin.

Ayni damda 10 foizlik tarif joriy qilingan 200 milliard dollarlik Xitoy tovarlari 1-yanvardan boshlab 25 foizlik tarifga o’zgaradi. Qolgan 50 milliardlik mahsulotlarga hozir ham 25 foizlik tarif qo’llanmoqda. Prezident Tramp Xitoydan AQSh bilan raqobatga imkoniyat yaratilishi, intellektual mulkning majburiy ko’chirilishi va Xitoy bozoriga davlat aralashuvi kabi amaliyotlar to’xtatilishini talab qilmoqda.

“Wahington Post” nashrining yozishicha, ichki siyosiy kuchlar ikki davlat rahbarini savdo urushi bo’yicha atroflicha muzokara olib borish va kelishuvga erishishga undamoqda. Global iqtisodiy o’sish sekinlashishi kutilayotgan navbatdagi yil boshlanishi oldidan ushbu uchrashuv strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG