Breaking News

Xitoy mafkurasi: Amerika universitetlaridan Gollivud filmlarigacha


Konfutsiy instituti xitoy tili kursini e'lon qilmoqda. Ayova universiteti.

AQShning Xitoy bo’yicha ekspertlari yangi tadqiqot ishini taqdim etdi. Tadqiqot xulosasiga ko’ra, Pekin Amerikada insonlar ongi va mafkurasiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan agressiv kampaniyani boshqarmoqda. Tadqiqot AQSh siyosatchilari, universitet olimlari va talabalari, shuningdek, yirik kompaniyalar rahbarlarining tahlillariga asoslangan.

“Rossiyani hisobga olmaganda, hech qanday mamlakatning Amerika siyosati va jamiyatiga ta’sir ko’rsatishga intilishi Xitoyniki qadar keng qamrovli va kuchli moliyalangan emas”- deyiladi Stenford universitetinig Xuver instituti va AQSh-Xitoy munosabatlari bo’yicha Osiyo jamiyati markazining hisobotida.

“Xitoy ta’siri va Amerika manfaatlari: Konstruktiv ogohlikni oshirish” deb nomlangan tadqiqot ishi Xitoyning AQSh hududida “ta’sir ko’rsatish maqsadini amalga oshirishga mo’ljallangan” faoliyatini batafsil tahlil qiladi. Unda “fuqarolik jamiyatining tashqi ta’sirga moyil qatlamlariga” targ’ibot o’tkazish, AQShning muhim infrastruktura va texnologiyalari zaminida “yashirin, majburiy va korrupsion” faoliyat olib borish kabi urinishlar atroflicha o’rganilgan. Jumladan, AQSh universitetlarida tahsil olayotgan xitoylik talabalarni birg o’qiydigan boshqa xitoylik talabalarni kuzatib yurishga majburlash holatlari ham tahlil qilingan.

Hisobotlarga ko’ra, Xitoy AQSh universitetlarida umumiy 110 ta Konfutsiy institutlarini tashkil etishga muvaffaq bo’lgan. Institutlarda kommunistik partiya tasdqilagan materiallardan foydalanish majburiy. Maqsad “Xitoy mafkurasi, terminologiyasi va soddalashtirilgan yozuvini o’rgatish”. Shuningdek, “Amerika mashg’ulotlari va dasturlarida Tibet, Tyananmen, Shinjon, Falungun va Xitoyda inson huquqlari kabi bahsli mavzularni chetlab o’tish” ham asosiy maqsadlardan sanaladi.

Tahillarda ta’kidlanishicha, dunyoning filmlar poytaxti hisoblangan Gollivudga Xitoy sarmoyasining kirib kelishi asarlar mazmuni va g’oyasiga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Bundan 20 yillar avvalgi “Qizil burchak”, “Tibetda yetti yil” va “Kundun” kabi Xitoy hukumatini fosh qilgan filmlar endi yo’q. Xitoy bilan hamkorlik qilayotgan Gollivudning “Marslik” filmini olaylik. Unda Xitoy hukumati AQSh qahramonlarining xaloskoriga aylanadi.

Amerika universitetlarining Xitoy hududiga kirishi va faoliyat yuritishi uchun teng imkoniyatlar yaratilmagan. Xitoyda AQSh jurnalistlariga ham qattiq cheklovlar o’rnatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG