Breaking News

2018-yil Afg’onistonda 20 jurnalist halok bo'ldi


Afg'onistonda halok bo'lgan jurnalistlar xotirlanmoqda, 2018-yil, 3-may.

Afg’onistonda erkin matbuot himoyasi bilan mashg’ul “Nay” tashkilotining yillik hisobotiga ko’ra, 2018-yil mamlakatda matbuot xodimlariga qarshi 198 ta zo’ravonlik holati qayd etilgan.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, 20 nafar jurnalist halok bo’lgan, yana 20 nafari yaralangan.

“Nay” tashkiloti 2018-yil Afg’oniston matbuoti uchun “eng qonli va eng xavfli” yil bo’lganini aytadi. Zo’ravonlik hollari ko’lami 2017-yilga nisbatan 18 foizga oshgan.

“Jurnalistlarni haqorat qilish, do’pposlash kabi voqealar ham qayd qilingan. 35 nafar jurnalistning aksariyati davlat harbiylari tomonidan do’pposlangan. 9 nafar jurnalist hukumat tomonidan qisqa muddatli hibsga olingan”, - deydiladi tashkilot bayonotida.

"Nay” hukumatdan jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashni so’raydi. Tashkilot ayni holda, zo’ravonlikka qo’l urgan odamlarning jazolanishini ham talab qiladi.

“Zo’ravonliklardan tashqari, ommaviy axborot vositalari jiddiy moliyaviy muammolar bilan ham yuzlashmoqda”, - deydi tashkilotning ijrochi raisi.

Hukumat doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlaydi.

Joriy yilda prezident qaroriga asosan radio, gazeta va nashriyotlarning mavjud jarimalari kechirilgan edi.

2001-yil Tolibon hokimiyatdan ag’darilishi ortidan yuz bergan demokratik davrning asosiy yutuqlaridan biri matbuotdagi so’z erkinligi ekani e’tirof etiladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG