Breaking News

Vashington choyxonasi: AQShda biznes boshlagan o'zbekistonlik talabalar


Elyorxo'ja To'raxo'jayev va Dilshod Umurzoqov ochgan "Quality Auto" saloni

O'zbekistonlik Elyorxo'ja To'raxo'jayev va Dilshod Umurzoqov AQShga o'qish uchun kelgan. Ham o'qib, ham ishlab yurgan paytlarida ularda biznes ochish fikri tug'ildi.

Talaba va xorijlik bo'lishlariga qaramay, Dilshod va Elyorxo'ja tojikistonlik hamkorlari Oyatullo Sirojov bilan Virjiniyaning Sterling shahrida "Quality Auto" nomli dilerlik markazi ochishdi. Bugun bu markaz shahardagi o'nlab boshqa avtosalonlar orasida o'z o'rniga va mijozlariga ega muvaffaqiyatli biznesga aylangan.

Talaba bo'lib turib ham AQShda biznes boshlash mumkinmi? Bu ishni boshlash va amalga oshirishda qanday o'ziga xos qiyinchiliklar bo'ldi? Biznes muvaffaqiyat qozonishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Yosh tadbirkorlar bilan suhbatda shu savollarga javob izladik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: AQShda avtosalon ochgan o'zbekistonliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:39:17 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG