Breaking News

Shimoliy Koreya Vyetnam modelini o'zlashtiradimi?


Shimoliy Koreya Vyetnam modelini o'zlashtiradimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:01 0:00

Shimoliy Koreya Vyetnam modelini o'zlashtiradimi?

Vyetnam 27-28-fevral kunlari AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un uchrashuviga mezbonlik qiladi. Ikki davlat rahbari Vyetnam poytaxtiga yetib kelgan. Tramp va Kim 2018-yilning iyunida ilk bor Singapurda uchrashgan edi.

Vyetnam o’tmishda shimol va janubga bo’lingan edi, ayni damda u birlashgan. U bir paytlar AQShga qarshi jang qilgan, hozir do’stona munosabatda. Vyetnam iqtisodiy islohotlar qila olgan sotsialistik mamlakat. Shu nuqtai nazardan, Vyetnamning siyosiy va iqtisodiy modeli Shimoliy Koreya uchun namuna bo’lishi mumkin. Biroq Kim Chen Unning qanday fikrda ekani bizga qorong’i.

Kommunistik partiya boshqaradigan Vyetnam bugungi kunda kapitalistik mamlakatlardan ko’p farq qilmaydi.

Atrofda g’arbning fast-fud restoranlari-yu hashamatli mashinalari: kommunistik davlatda kapitalistik mamlakat alomatlarini payqash qiyin emas.

Aynan shu jihatlari bilan AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining Vyetnamda o’tadigan navbatdagi uchrashuvi dunyo e’tiborida.

Vyetnam 1960-70-yillarda AQShga qarshi jang qilgan davlatdan farq qiladi.

Kommunizm an’analari ham ko’zga tashlanadi…

Biroq Vyetnamda yangicha dunyoqarashga ega yosh avlod shakllanmoqda. Millat qiyofasi o’zgargan.

Vyetnam iqtisodiyoti 1980-yillardan dunyoga ochildi. Ayni damda iqtisodiy o’sish surati yuqori.

“Tramp Vyetnamni qisman kapitalistik davlat deb hisoblaydi. U Kim Chen Unga Vyetnamni o’rnak qilib ko’rsatishni istaydi”, - deydi AQShning Vyetnamdagi sobiq elchisi Devid Shir.

Biroq Shimoliy Koreya rahbari buni tan oladimi? Qariyb uch avlodni boshqargan Kimlar oilasi mamlakatda bunday islohotlarni amalga oshirishdan yiroq siyosat yuritgan.

Xalqaro sanksiyalar ham jiddiy muammo.

“Yadroviy qurollardan voz kechmaguncha Shimoliy Koreya taraqqiyotida o’zgarish bo’lmaydi. AQSh va BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarni bekor qilmaydi”, - deydi Devid Shir.

Shunga qaramay, Tramp Vyetnamni Kimga namuna sifatida ko’rsatishi mumkin.

AQSh rahbari Oq uyning “Facebook” sahifasida Singapur sammitini aynan shunday namuna qilgan edi.

Shimoliy Koreya Vyetnam modeliga ergashadimi-yo’qmi, shubha va umid qorishgan bu savol hozircha javobsiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG