Amerika prezidenti nazarida, Shimoliy Koreya Vyetnamdan saboq olishi lozim.
"Do'stim Kim Chen Un bilishi kerakki, istiqbol uning qo'lida. Ajoyib kelajak qura oladi", - deydi Tramp.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ta'kidlashicha, progress bo'lmagani sabab ham Pxenyan hamon sanksiyalar ostida.
Pompeo deydiki, Shimoliy Koreya oldida ikki yo'l: biri hozirgisi, qashshoqlik va yakkalanish hamda yadroviy qurollar; ikkinchisi esa qo'shni Janubiy Koreya singari iqtisodiy jihatdan mustahkam tuzumga aylanish. AQSh unga ikkinchi yo'lni taklif qilmoqda, deydi Pompeo.
Tramp Kim Chen Unni do'st deb, u bilan muloqotdan buyuk natijalar kutayotganini aytsa, Pompeo oldinda og'ir vazifalar turibdi, deydi.