Breaking News

Vashington choyxonasi: O'zbekiston oliy ta'limi islohotga muhtojmi?


O'zbekiston oliy ta'lim tizimini isloh qilish haqida chaqiriqlar tez-tez yangrab turadi. Ayni paytda oliy o'quv yurtlariga qabul jarayoni o'zgarishlarga yuz tutmoqda.

Yana nimalarni o'zgartirish kerak? Oliy ta'lim tizimi islohotlarga muhtojmi? O'quv dasturlarini tuzishda va moliyaviy boshqaruvda o'quv yurtlariga mustaqillik berish kerakmi?

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu savollar atrofida muloqot qildik. Suhbatdoshimiz - Jorj Vashington universitetida "O'zbekistondan yangi ovozlar" dasturi asosida tadqiqot olib borayotgan o'zbekistonlik yosh olima Dilnoza Ubaydullayeva.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG