14-25 may kunlari Fransiya janubidagi so'lim maskan - Kann shahrida jahon kino festivali o'tmoqda. "O'zbekkino" Milliy agentligi qoshidagi Respublika kinoprokat markazi bu yerda tashkil etilgan "Le Marché du Film" - xalqaro film bozoriga 50 ta asar olib borgan. O'zbekiston bu festivalda ilk bor shunday ko'lamda qatnashmoqda. Turli janr va yo'nalishlardagi badiiy, hujjatli va animatsion kartinalar. Xususan, “Islomxo'ja", "Berlin-Oqqo'rg'on", "Issiq non", "Elparvar", "Sarvqomat dilbarim", "Hayot", "Baron", "Tinchlik ortida" va "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" kabi filmlar. 17-may kuni Kannda "Elparvar" namoyish etildi. Eron va Estoniya kino ijodkorlari kartinani yuqori baholagan. Filmni Abduvohid G'aniyev ishlagan. Markazga ko'ra, festivalda ko'z-ko'z qilinayotgan filmlar "milliylik" nuqtai-nazaridan tanlangan. Hozirgacha, deya bildirmoqda "O'zbekkino"ning Kanndagi vakillari, AQSh, Hindiston, Germaniya va Koreya kabi davlatlarning kino bizneslari bilan shartnomalar imzolangan.
Fransiyada Kann kino festivali, O'zbekiston ham qatnashyapti
![Kann, 17-may, 2019](https://gdb.voanews.com/a2195f48-86db-4d33-8574-480671d3e97f_w1024_q10_s.jpg)
1
Kann, 17-may, 2019
![Kann, 17-may, 2019](https://gdb.voanews.com/5b9895b7-c42d-4180-812a-473ef00e813d_w1024_q10_s.jpg)
2
Kann, 17-may, 2019
![O'zbekiston bu festivalda ilk bor qatnashmoqda](https://gdb.voanews.com/9260b5c5-559a-49f0-9c42-9dccc955a41d_w1024_q10_s.jpg)
3
O'zbekiston bu festivalda ilk bor qatnashmoqda
![Kann, Fransiya](https://gdb.voanews.com/63612e11-6377-41fd-ba3d-a2d036375609_w1024_q10_s.jpg)
4
Kann, Fransiya