Breaking News

Zelenskiy qasamyod keltirishi ortidan parlamentni tarqatib yubordi


Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti sifatida qasamyod keltirmoqda, Kiyev, 2019-yil, 20-may.

Ukrainada prezidentlik saylovlarida g'olib chiqqan Vladimir Zelenskiy qasamyod qabul qildi. Qasamyod marosimi parlamentda - Ukraina Radasida o’tdi. Zelenskiy prezident lavozimidagi ilk nutqidayoq mamlakat parlamenti tarqatilishini e’lon qildi. Hukumat iste’fosini talab qilgan prezident parlamentdan Ukraina bosh prokurori, xavfsizlik xizmati raisi va mudofaa vazirini ishdan olishni so'radi.

Yangi prezidentning qasamyod marosimini kuzatish uchun parlament oldiga yig’ilganlar jarayonni olqishlab turdi. Ayniqsa, prezidentning parlamentni tarqatish haqidagi qarori alohida olqishlarga sazovor bo'ldi. Zelenskiyning prezident sifatidagi dastlabki qarori parlamentni tarqatish haqida bo'ldi.

O’z vazifasiga kirishgan Ukrainaning yangi rahbari kuch ishlatar tizim rahbarlarining deyarli hammasini ishdan olish niyatida, faqat Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov iste’fodan xoli ko’rilmoqda.

Ukraina mudofaa vaziri, xavfsizlik xizmati rahbari, tashqi ishlar vaziri iste’foga chiqishni so'rab ariza yozishgan. Ukraina bosh prokurori ham lavozimini tark etishi kutilayotgan amaldorlar qatorida.

Vladimir Zelenskiy hukumatni mutlaqo yangilash niyatida ekanligini aytgan, bu asosan kuch ishlatar tizimlaridan boshlanayotgani kuzatiladi.

Zelenskiy urush davom etayotgan mamlakat sharqidagi vaziyatga to’xtalar ekan, dastlabki vazifa otishmalarni to’xtatish, tutqunlikdagi ukrainlarni ozod qilish bo’lishini aytdi. Prezident bu fikrlarini rus tilida bildirdi.

Zelenskiy o’z nutqida dunyodagi ukrainaliklarga ham murojaat qildi.

“Biz (dunyodagi ukrainaliklar soni) 65 millionmiz, siz Ukrainaga mehmonga emas, o’z uyingizga kelganday keling, bizga chet el sovg’alarini emas, o’z tajribangizni, malakangizni olib keling. Tanqidchilar ehtimol bu mumkin emas deb o’ylar, ammo imkonsiz narsalarni ro’yobga chiqarish bizning milliy g’oyamizga aylanishi mumkin”, - dedi Vladimir Zelenskiy parlamentdagi nutqida.

Zelenskiy qasamyod keltirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG