Breaking News

Nyu-York shahrida "Paxtakor-79" xotira turniri o'tkazildi

11-avgust kuni Nyu-York shahrida 1979-yili aviahalokatga uchragan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi xotirlandi. Mash'um voqeaning 40-yilligiga bag'ishlab Bruklinda o'tkazilgan futbol o'yini o'zbekistonlik muhojirlar asos solgan yangi nodavlat tashkiloti - “Mahalla USA” tomonidan tashkil qilindi.

“Paxtakor-Nyu-York” jamoasi 1979-yili Toshkentning “Paxtakor”i kiygan formada Bruklindagi “Match Point” o'yingohiga to'p surdi. Turli millat vakillaridan tarkib topgan Nyu-Yorkning "USA" havaskor terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda “Paxtakor-Nyu-York” jamoasi qo'li ustun keldi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG