Breaking News

Kashmirda hanuz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari amal qilmoqda


Hindiston nazoratidagi Kashmir aholisi norozilik namoyishida qatnashmoqda, Shrinagar, 2019-yil, 16-avgust.

Hindiston hukumati rasmiylarining aytishicha, Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismiga qo'yilgan cheklovlar "asta-sekinlik bilan bekor qilinadi".

Kashmirning avtonomiya maqomini bekor qilish haqidagi qaror ortidan kuchaytirilgan xavfsizlik choralari hamda kommunikatsiya aloqasining uzib qo'yilishi natijasida millionlab kashmirliklar tashqi dunyodan uzilib qolgan.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Kashmirdagi Hindiston choralarini qoralab, Dehlidagi millatchi hindular hukumati "musulmonlarni etnik tozalash bo'yicha Srebrenitsa qatliomi"ga tayyorlanayotgan bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Xan bu bilan 1995-yil Bosniya urushida minglab musulmonlarning o'limiga sabab bo'lgan qirg'inga ishora qildi.

Kashmir tufayli Hindiston va Pokiston o'rtasida ikki marta urush kelib chiqqan. Ikki davlat 1947-yil Britaniyadan mustaqilligini e'lon qilgandan beri Kashmir mintaqasi bahsli hududlardan biri sanaladi.

15-avgust kuni Pokiston Islomoboddagi yetakchi hind diplomatini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirib, Hindiston kuchlari tomonidan Kashmir chegarasida sulh shartlari buzilayotgani yuzasidan e'tiroz bildirdi.

Pokiston allaqachon Hindiston oliy komissarini mamlakatdan chiqarib yuborgan. Ayni paytda ikki tomonlama savdo va transport aloqalari to'xtab qolgan.

Islomobodning aytishicha, so'nggi kunlarda chegara hududda yuz bergan to'qnashuvlarda Pokistonning uch askari halok bo'lgan. Pokiston armiyasining aytishicha, javob choralarida Hindistonning uch askari ham o'ldirilgan.

Hindiston armiyasi so'zlovchisining aytishicha, besh hind askari o'lgani haqidagi da'volar asossiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG