Breaking News

O'zbekiston fuqarosi AQShda 30 yilga qamalishi mumkin


2015-yilning 8-aprelida o'tgan sud jarayonida Dilhayot Qosimov (chapdan beshinchi) jinoiy sheriklari bilan. Nyu-York.

Nyu-Yorkning Bruklin sudi O’zbekiston fuqarosi Dilhayot Qosimovni “Islomiy davlat”ga moliyaviy ko’mak berishga urinish va jinoiy guruhga aloqadorlikda aybdor deb topdi. 31 yoshli Qosimov 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, ayblanuvchi jinoiy sheriklari Abdurasul Jo’raboyev va Ahror Saidaxmetovlarning AQShdan Suriyaga borib, “Islomiy davlat” tarkibiga qo’shilish rejasini qo’llab-quvvatlagan. Qosimov shaxsiy mablag’i va boshqalardan yig’ilgan pullar bilan sheriklarining yo’l xarajatlarini qoplagan.

Jo’raboyev, Saidaxmetov va Habibovlar, shuningdek, ularning boshqa sheriklari Akmal Zokirov va Azizjon Rahmatovlar avvalroq aybiga iqror bo’lgan edi. Jo’raboyev va Saidaxmetov 15 yilga qamalgan. Habibov, Zokirov va Rahmatovlar hukm o’qilishini kutmoqda.

Qosimov 2015-yilning aprel oyida o'tgan sud tinglovida o'ziga qo'yilgan ayblovlarni tan olmagan edi.

U sherigi Habibov bilan birgalikda Saidaxmetovning Suriyaga borishi uchun 1600 dollar yordam puli yig'gan.

"Bu begunoh odamlarning kallasini olish uchun pul berish bilan barobar", - deydi prokuror Aleksandr Solomon.

Ayblovda aytilishicha, Qosimov o'zining internet orqali yozishmalarida boshqalarni ham "zo'ravon jihod"ga qo'shilishga undagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG